21:00 / 26.03.2018
7 573

"Qovurilgan go‘sht odamni gipertoniyaga duchor etarkan…"

"Қовурилган гўшт одамни гипертонияга дучор этаркан…"
Shu narsa ma’lumki, tez-tez go‘sht qovurib yeyish oxir oqibat stress, ichki a’zolar shamollashi va qandli diabet xastaligini keltirib chiqaradi. Bu qovurilgan go‘sht tarkibidagi turli zaharli kimyoviy moddalar tufayli sodir bo‘ladi. Xorvard universiteti mutaxassislari qovurilgan go‘shtning yana bir zararini o‘z tadqiqotlari natijasida aniqlashga musharraf bo‘lishdi.

Aniqlashlaricha, qovurilgan go‘shtni me’yoridan ortiq marotaba iste’mol qilganda, odamning arterial qon bosimi ko‘tariladigan bo‘lib qolarkan. Aniqrog‘i, bu odam gipertoniya xastaligiga yo‘liqarkan. Gipertoniya esa, hammaga ma’lum, bu xastalikning so‘nggi manzili yurak xastaliklariga evrilishdan iboratdir. Bu yerda go‘sht mol, qo‘y yoki parranda, baliqqa tegishliligi umuman rol o‘ynamaydi. Qanday go‘sht bo‘lishidan qat’i nazar qovurilsa bas, uning foydasidan zarari ko‘paya boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » "Qovurilgan go‘sht odamni gipertoniyaga duchor etarkan…"