21:21 / 01.04.2018
8 307

30 yoshdan so‘ng yeyish kerak bo‘lmagan mahsulotlar turi…

30 yoshdan so‘ng yeyish kerak bo‘lmagan mahsulotlar turi…
Diyetologlarning aytishicha, yosh o‘ttizdan o‘tgach, organizmda moddalar almashinuv jarayoni va metabolizm o‘zgaradi. Shuning natijasida alohida mahsulotlar organizmga aksar hollarda ziyon yetkaza boshlaydi.

OQ NON VA ShAKAR
30 yoshdan keyin oq unga pishirilgan non va shakar iste’molini kamaytirish zarur. Ular organizmda shamollash jarayonlarini yuzaga keltiradi, teriga salbiy ta’sir o‘tkazib, uni mo‘rtlashuvini ta’minlay boshlaydi.

PARHEZ IChIMLIKLAR
Birinchi navbatda parhez ichimliklar ayollarga 30 yoshdan keyin salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Ular organizmga kirib borgach, miya ichimlikni oddiy shirin ichimlik sifatida qabul qilib o‘zidan insulin ishlab chiqara boshlaydi. Vaholanki, bu ichimliklarda shakar moddasi yo‘q. Shu narsa organizmda rostakam falokat sodir etadi. Biz stress holatlarini boshdan kechira boshlaymiz. Aksar vaziyatlarda parhez ichimliklar saraton xastaligini chaqiradi.

KETChUP, MAYONEZ, QALAMPIR
Bu mahsulotlar ham o‘ttiz yoshdan so‘ng teri mo‘rtlashuvini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Qalampirning tabiiy ko‘rinishdagisini iste’mol qilish kerak. Kimyoviy moddalar aralashtirilgan qalampirlar salomatlik kushandasi ekan. Mayonez va souslar ham organizmda kuchli shamollar jarayonlarini paydo qiladi.

MAKARON

Bu mahsulot, ayniqsa, ayollar uchun o‘ta og‘ir hisoblanadi. Makaronni hazm qilish uchun organizm keragidan ko‘p quvvat sarflaydi. Oqibatda ichak yo‘llarida jiddiy muammolar yuzaga keladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » 30 yoshdan so‘ng yeyish kerak bo‘lmagan mahsulotlar turi…