11:20 / 07.04.2018
6 705

Ko‘rish qobiliyatini oshirish uchun: Baliq, suyuq ovqat va toblama

Ko‘rish qobiliyatini oshirish uchun: Baliq, suyuq ovqat va toblama
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun to‘g‘ri ovqatlanishni baliq va jenshensiz tasavvur qilish qiyin. Quyida siz jenshen ildizidan tayyorlanadigan suyuq ovqat, zanjabilli baliqni bilib olishingiz mumkin. Desert uchun esa ko‘z o‘tkirligini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan to‘g‘ri ovqatlanishda ravochdan mazali toblama tayyorlanadi.

JENShENLI SUYuQ OVQAT

Masalliqlar: 4 g quritilgan jenshen ildizi, 2 ta sabzi, 2 ta kartoshka, 2 ta selderey shoxchasi, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq zatun moyi, 2 l suv, tuz, yanchilgan murch.

Selderey va piyozni maydalab, sabzi, kartoshka va piyozni bo‘laklab, to‘g‘raymiz. Qozonga moy quyib, sabzavotlarni solamiz va 5-6 daqiqa dimlab qo‘yamiz. Keyin jenshen va seldereyni qo‘shamiz. Tuz va murch sepib, suv quyamiz. Qaynab chiqqach, olovni pasaytirib, 2 soat davomida ustidagi ko‘piklarni vaqti-vaqti bilan olib tashlab turgan holda qaynatishda davom etamiz.

ZANJABIL VA LIMONLI BALIQ


Masalliqlar: 4 bo‘lak baliqning lahm go‘shti, 1 choy qoshiq zanjabil kukuni, 1 ta limon sharbati, 3 osh qoshiq o‘simlik moyi, 1 choy qoshiq tuz.

Idishga tuz, limon sharbati va zanjabil solib aralashtiramiz. Ushbu aralashmani baliq go‘shtiga yaxshilab ishqalagan holda surtib chiqamiz. Tovada moyni qizdirib, baliqni solamiz va har bir tomonini 4-5 daqiqadan qovurib olamiz. Garnir sifatida dasturxonga loviya tortiladi.

RAVOCh TOBLAMASI

Masalliqlar: 5 ta ravoch shoxchasi, 130 g shakar, 2 osh qoshiq suv, 180 g bug‘doy uni, 100 g sariyog‘.

Ravochni to‘g‘rab, kastryulga solamiz. Ustidan shakarning yarmini solib, suv quyamiz va past olovda 15 daqiqa qaynatamiz. Bu vaqt oralig‘ida boshqa bir idishda sariyog‘ni un bilan uqalaymiz va shakarning qolganini qo‘shib, yaxshilab iylaymiz. Qaynatilgan ravochlarni qolipga solib, ustidan unli aralashmani sepamiz va oldindan 180 darajada qizdirib qo‘yilgan pechda 10 daqiqa toblaymiz.

Ko‘rib turganingizdek, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun amal qilinadigan parhez nafaqat foydali, balki mazali taomlardan iboratligi bilan ham kishini o‘ziga tortadi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘rish qobiliyatini oshirish uchun: Baliq, suyuq ovqat va toblama