06:32 / 09.04.2018
14 816

Sun’iy gullar odamni saraton xastaligiga duchor etishi mumkin ekan…

Sun’iy gullar odamni saraton xastaligiga duchor etishi mumkin ekan…
Ekolog olimlar aynan sun’iy gullar doirasida uzoq vaqt izlanishlar olib borishdi va bir to‘xtamga kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, sun’iy gullar neft mahsulotlarining qayta ishlanmay qolib ketgan, axlatga aylangan qismidan tayyorlanarkan. Bundan tashqari, gul yasash jarayonida unga zaharli kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Xuddi shu narsa odamni oqibatda saraton xastaligiga duchor etarkan.

Yana bir narsa. Ko‘pchilik hozirgi paytda qabristonga yaqinlaridan xabar olish niyatida borib, qabrlar tepasiga aksar holatlarda sun’iy gullar qo‘yishadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu gullarni axlatga tashlash o‘rniga yoqib yuborishadi. Bu ham yuqorida tilga olingan zaharli kimyoviy moddalar atrofga tarqalishini ta’minlaydi. Shu sababli olimlar barchaga iloji boricha tirik gullar sotib olishni maslahat berishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sun’iy gullar odamni saraton xastaligiga duchor etishi mumkin ekan…