16:36 / 15.04.2018
6 795

«Tungi smenada ishlash odamni saraton xastaligiga duchor etishi mumkin…»

«Tungi smenada ishlash odamni saraton xastaligiga duchor etishi mumkin…»
Amerikalik bir guruh olimlar ayni shu mavzuda tadqiqotlar o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘lishicha, tungi smenada ishlash, tungi uyquning kamligi oqibatda saraton xastaligiga yo‘liqtirishi mumkin ekan.

Sietldagi Onkologiya markazi mutaxassislari izlanishlar natijasida xuddi shunday to‘xtamga kelishdi. Tungi smenada ishlaydigan odam organizmi turli tashqi xavflarga qarshi kurashuvchi kimyoviy moddalarni keragidan 80 foizga kam ishlab chiqararkan. Xuddi o‘sha kimyoviy moddalar tungi uyqu davomida holdan toygan, o‘lish arafasidagi to‘qimalarni qayta tiklarkan.

Bundan tashqari, kolbasa va sosiskalar iste’moli ham saraton xastaligi xavfini oshirishi belgilab qo‘yildi.

Olimlar tungi smenada ishlovchilarga ko‘proq tarkibida melatonin mavjud bo‘lgan yeguliklar iste’mol qilishni maslahat berishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » «Tungi smenada ishlash odamni saraton xastaligiga duchor etishi mumkin…»