14:33 / 02.05.2018
22 457

Karamning inson sog‘lig‘i uchun foydali tomonlari

Karamning inson sog‘lig‘i uchun foydali tomonlari
Karam inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulotdir. Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog‘, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste’mol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda ko‘p. Unda kaliy, qand, oltingugurt, kalsiy, fosfor, yog‘lar, laktoza mavjud.

Karamning kechkisida ertagisidan ko‘ra S vitamini ko‘proq bo‘ladi. Bu vitamin uzilgan karam boshida sakkiz oy davomida kamaymasdan saqlanadi. Oq boshli karamda inson organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha vitaminlar va foydali mineral moddalar bor. Karam tarkibida glyukoza apelsin, limon va olmaga qaraganda ko‘proq, fruktoza miqdori esa, sabzi, piyoz, limon va kartoshkadagiga nisbatan ko‘proq miqdorda mavjuddir. Uning shifobaxsh xususiyatlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.

Tuzlangan karam o‘z tarkibidagi uksus va sut kislotalari organizmdan chirituvchi bakteriyalarni chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Tarkibida saxaroza i kraxmal miqdorining ozligidan yangi karamni iste’mol qilish diabetiklar uchun ha mjuda foydali. Uni ozishni maqsad qilganlar ovqatlanish ro‘yxatiga kiritishlari mumkin.

Karamdagi ichaklar faoliyatini yaxshilovchi biriktiruvchi moddalar organizmni turli xiltlardan va xolesterindan tozalaydi va ichaklarda foydali mikroflorani shakllantiradi.i turli xiltlar chi sh ro‘yxatiga kiritishlari mumkin.

Terining kuygan, yiringli yara, sovuq urgan va zarbadan ko‘kargan joylariga maydalangan karam bargini kompres qilib qo‘yilsa, bu yara va jarohatlar bitishini tezlashtiradi.

Yangi karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan, oshqozon yarasidan, xoletsistitdan, gastritdan, me’yoridan baland yuruvchi oshqozon shirasidan, sistitdan va xronik piyelonefritdan forig‘ bo‘lish mumkin.

Karam sharbati asab qo‘zg‘alish illatini kamaytiradi, tomirlar aterosklerozini davolashda yordam beradi, ortiqcha vazndan xalos etadi va turli shishlarni ketkazishda yordam beradi.

Qondagi qand moddasi miqdorini kamaytirish uchun karam sharbatiga iliq suv qo‘shib, ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.

Karam sharbati ichish yuzga toshgan sepkildan forig‘ bo‘lishga sabab bo‘ladi.

Sariq kasali bilan og‘riganda, qabziyatda, bavosirda, gastritda, oshqozon shirasi me’yoridan past yurganida, bepushtlikda, disbakteriozda va doimiy charchoq his qilishda karam sharbati ichish tavsiya etiladi.

Karamni iste’mol qilib bo‘lmaydigan holatlar
Pankreatitda organizmning qorin va ko‘krak qismida jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirgan kishilar yangi karam iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim.

Oshqozon va ichak yo‘llarida qon oqishi, oshqozon yarasi xuruji, qalqonsimon bez faoliyati buzilishi holatlarida karam iste’mol qilish mumkin emas.

O‘tkir enterokolitda va diareya (ichketish)da karamni juda ehtiyot bo‘lib iste’mol qilish lozim bo‘ladi.

Yangi karam sharbatini ichish oshqozonida shira ajratilishi me’yoridan yuqori bo‘lgan kishilarga mumkin emas, chunki bu sharbat oshqozon bezi faoliyatini kuchaytiradi.

Gastrit, pankreatit, oshqozon yarasi , qon bosimi, jigar va buyraklarida xastaligi bo‘lgan kishilarga tuzlangan karam iste’mol qilish ruxsat berilmaydi.

Manba: Muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Karamning inson sog‘lig‘i uchun foydali tomonlari