Ular o‘tkazgan tadqiqotlarda ko‘ngillilar kuniga 500 millilitrdan sovuq choy ichishdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, ishtirokchilar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida mutaxassislar asosan qon bosimi, tana a’zolariga kislorod yetib borishi, tanadagi zahira yog‘lar miqdoriga e’tibor qaratishdi. Kuniga sovuq choy ichgan ishtirokchilar organizmida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Birinchi navbatda zahira yog‘larning asta-sekin kamaya borishi ko‘zga tashlandi. Bundan tashqari, arterial qon bosimi va tanaga kislorod yetib borishi me’yoriy darajaga yetibdi. Organizmning quvvat sarflash darajasi sovuq choy ta’sirida 8, 3 foizga ko‘payganligi ham ma’lum bo‘ldi. Bunga qadar bir guruh ko‘ngillilarga har kuni qaynoq choy berila boshlagandi. Ular organizmidagi quvvat sarflanish darajasi atigi 3,7 foizni tashkil etdi.
Darvoqe, sovuq choy deganda, ham qora, ham ko‘k choy tushunilishi zarur ekan. Ikkala turdagi sovuq choy ham organizmga bir xil ta’sir ko‘rsatarkan. Qolaversa, sovuq choyni yalpiz, rayhon kabilardan tayyorlab ichish ham faqat foyda beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi