21:30 / 14.05.2018
7 755

Otaning yoshi va odatlari farzandlarining sog‘lig‘ida aks etishi aniqlandi

Otaning yoshi va odatlari farzandlarining sog‘lig‘ida aks etishi aniqlandi
Bolalar va ularning ota-onalari sog‘lig‘ini kuzatish, natijalarni keng tahlil qilish va taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, otaning yoshi va uning zarali odatlari farzandlarining nuqsonli va genetik kasallar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bu haqida American Journal of Stem Cells jurnalida ma’lum qilingan.

"Onaning gormonlari, nutriyentlari hamda ruhiy holati uning farzandlaridagi organlar, hujayralar va genlar faoliyatiga to‘g‘irlab bo‘lmaydigan ta’sir o‘tkazishini ko‘pchilik yaxshi biladi. Endi esa otalarda ham xuddi shunday bog‘liqlik kuzatilishi isbotlandi - uning hayot tarzi va yoshi genlar faoliyatini boshqaruvchi molekulalarda o‘z ifodasini topishi mumkin. Shunday qilib, nafaqat farzandlar, balki undan keyingi avlodning sog‘lig‘i ham otalarga bog‘liqdir", - dedi Jorjtaun universiteti (AQSh) olimasi Joanna Kitlinska.

Kitlinska va uning hamkasblari otadan bolaga irsiyat orqali o‘tadigan hamda turli genetik va nogenetik omillarning farzand sog‘lig‘iga ta’siriga doir bir necha o‘nlab tibbiy tadqiqotlar o‘tkazib, ularni taqqoslab hamda natijalarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.

Maqola mualliflarining bildirishicha, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot ikki jins vakillari (ota-onadan) DNKsidagi mayda variatsiya va mutatsiyalar farzand ota-onasidan meros qilib oladigan xislatlar to‘plamiga izoh bera olmasligini ko‘rsatdi, bu inson evolyutsiyasiga nogenetik ta’sirlar ham boriligidan darak beradi.

Otalardagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish odati homilaga ta’sir ko‘rsatib, bu erkakning butun avlodiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Yana bir misol - erkaklarda 45 va undan katta yoshda tug‘ilgan farzandlar yosh otalardan tug‘ilgan bolalarga qaraganda shizofreniyaga ko‘proq chalinadi.

Ijobiy natijalar ham bo‘lgan - masalan, o‘smirlik yillarida otalarning sog‘lom turmush tarzi va parhez ularning farzandlari hamda nevaralarida yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Otaning yoshi va odatlari farzandlarining sog‘lig‘ida aks etishi aniqlandi