12:55 / 18.05.2018
6 476

Olimlar fastfud ayollarni bepushtlikka mahkum etishini aniqlashdi…

Olimlar fastfud ayollarni bepushtlikka mahkum etishini aniqlashdi…
Angliya olimlari shu masalada alohida tadqiqot tashkil etishdi. Tadqiqotlar davomida 500 nafardan iborat ayol va erkaklar maxsus tekshiruvdan o‘tkazib borildi. Ishtirokchilarga me’yorida fastfud, gamburger, chizburger, pitssa, xot-dog kabilar iste’mol uchun tarqatildi. Bir oylik sinovlardan keyin ko‘ngillilar ikkinchi marta tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shundan ma’lum bo‘ldiki, yuqorida tilga olingan taomlarni iste’mol qilganlar organizmida salbiy o‘zgarishlar yuzaga kelibdi. Masalan, ayollar tuxumdonida yog‘ bosish holati kuzatilgan. Mahsulotlar tarkibidagi me’yordan ortiq tuz, shakar va yog‘ metabolizmni butkul salbiy tarafga o‘zgartirgan. Erkaklar organizmida esa testosteron miqdori keskin kamayib ketgani aniqlandi.

Tadqiqotlar yakunlangach, olimlar uylanish, turmushga chiqish arafasidagi, bundan tashqari, o‘rtacha 30-35 yosh atrofidagi erkak va ayollarga iloji boricha yuqorida tilga olingan taomlardan uzoqroq yurishni maslahat berishdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar fastfud ayollarni bepushtlikka mahkum etishini aniqlashdi…