10:57 / 20.05.2018
7 850

Inson miyasi uchun foydali mahsulotlar

Inson miyasi uchun foydali mahsulotlar
Barchaga ma’lumki, odamning yoshi ulg‘aygani sayin miya hajmi ham qisqara boradi. Shuning oqibatida miyaning kognitiv funksiyalari yo‘qolish pallasiga kiradi. Erazma universiteti qoshidagi tibbiyot markazi xodimlari miya qisqarmasligini ta’minlovchi mahsulotlar turini aniqlashdi. Ular shu mavzuda alohida tadqiqot ham tashkil etishdi.

Tadqiqotlarda 4213 nafar yoshi o‘rtacha 60-65 da bo‘lgan ko‘ngillilar ishtirok etdi. Ular so‘nggi bir oy ichida nima yeganlarini to‘liq gapirib berishdi. Shundan so‘ng mutaxassislar ishtirokchilarning ma’lumotlariga asoslangan holda maxsus parhez turini o‘ylab topishdi. Barcha ishtirokchilar xuddi shu parhezga o‘tkazildi. Parhezga sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari, baliq va juda kam miqdorda shirin ichimliklar kiritildi.

Bundan tashqari olimlar ishtirokchilarni magnitli-rezonansli tomografiyadan ham o‘tkazishdi. Bu ishtirokchilarning miyasi hajmi o‘rtacha 932 millilitrga tengligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar oxirida tashkil etilgan takror tekshiruvlar kutilgan natijani berdi. Maxsus parhezda bo‘lganlarning miyasi belgilangan muddat ichida kamida 2 millilitrga o‘sibdi. Bunda ayniqsa, sabzavot va baliq katta yordam berganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Inson miyasi uchun foydali mahsulotlar