11:11 / 26.05.2018
7 905

Ko‘mirda pishirilgan kabob inson organizmi uchun zararli ekan...

Ko‘mirda pishirilgan kabob inson organizmi uchun zararli ekan...
Xitoydagi Szinan universiteti olimlari tadqiqotlar natijasida ko‘mirda pishgan kabob inson organizmi uchun o‘ta xavfli ekanini aniqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, kuyayotgan ko‘mirdan taraladigan politsiklik uglevodorod isi pishgan kabob bilan birga inson organizmiga kirib boradi. Jumladan, o‘pka va teriga yopishib oladi.

Ayniqsa, bu isning teriga yopishib olishi haddan tashqari xavfli hisoblanadi. U kelgusida odamni turli ko‘rinishdagi onkologik xastaliklarga duchor etadi. To‘g‘ri, kabob pishirayotgan odam yengi uzun ko‘ylakda bo‘lsa, is teriga yopishmasligi ham mumkin. Lekin bu taxmin xolos. Shunday bo‘lgan taqdirda ham pishgan go‘sht bilan organizmga kirib borgan uglevodorodning o‘zi yetarli deyavering.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘mirda pishirilgan kabob inson organizmi uchun zararli ekan...