Bodring sabzavotlar ichida eng sersuv bo‘lib, zaruriy ne’matlardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida suv miqdori 90 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Bodring tarkibida kraxmal, shakar, oqsil, kletchatka, organik kislotalar, efir moyi, A,V,S, RR, Ye, N darmondorilari va kaliy, kalsiy, natriy, magniy, temir, fosfor, yod, oltingugurt, qalay, mis, ftor, xrom, alyuminiy kabi moddalar mavjud. Muhimi shundaki, tarkibidagi yod organizmga juda oson singadi. Shuningdek, bodring ovqat hazm qilish bezlarining faoliyatini va so‘lak ajralishini me’yorlashtirib, oqsil moddasini yanada yaxshiroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Shuning uchun bodringning suvli bo‘lakchalari taomni nafaqat chiroyli va xushta’m qiladi, balki hazm qilish jarayonini ham yaxshilaydi.
Bodringdan tayyorlangan sharbat yo‘talda, bo‘g‘im kasalliklarida, yurak bilan bog‘liq shishlarda foyda beradi. Asab tizimini tinchlantiradi, mag‘zi esa ichni yengil yumshatadi, yuzlar rangi va tiniqligini saqlaydi, teri kuyishi hamda shishlar paydo bo‘lganda yordam beradi. Po‘stining quritib ezilganidan teri kasalliklari va toshmalarda foydalanish tavsiya etiladi. Bodringdan nafaqat iste’mol uchun, balki go‘zallikni va salomatlikni mustahkamlashda foydalaniladi.
Manba: Mulohaza.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi