Londondagi Qirolicha Mariya universiteti tadqiqotchilari tish emalini qayta tiklay oluvchi materialni ixtiro qilishdi. Nature Communications maqolasida kimyogarlar yangi ishlanma o‘z tuzilmasi va xususiyatlariga ko‘ra tish emaliga o‘xshashini ma’lum qilishdi.
Olimlar tish emaliga ziyon yetsa, uni qayta tiklashning iloji yo‘qligi va bu tishlarni yo‘qotishga olib kelishini qayd etishdi.
Biroq yangi material yordamida tishlar o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Modda ekstremal haroratlar, nordon oziq-ovqat va ichimliklarga qarshilik qila oladi.
Material kristallarning o‘sishiga olib keluvchi oqsil yordamida ishlab chiqilgan. Bu oqsil tishlar shakllanayotganida organizmda paydo bo‘ladi.
Olimlar kelgusida ishlab chiqilgan material yordamida qattiq to‘qimalar regeneratsiyasida yangi yutuqlarga erishish va hatto tishlarning yiringlashi oldini olish mumkinligini ta’kidlashdi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ixtiro asosida mineralizatsiya jarayonini boshqarishda oqsillardan foydalanish usuli yotadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring