18:55 / 04.06.2018
7 070

Olimlar oqsil umrni uzaytirishini aniqlashdi

Olimlar oqsil umrni uzaytirishini aniqlashdi
Niderlandiyalik olimlar uzoq umr ko‘rishni istaydiganlar uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini tanovvul qilish ma’qul ekanligini aniqlashdi.

Ushbu mamlakatdagi Groningen universiteti 21 oy davomida shu yo‘nalishda tadqiqot olib bordi. Bu haqida “Xalq so‘zi” nashri xabar berdi.

O‘tgan vaqt davomida mazkur oliy o‘quv yurti mutaxassislari butun Yevropa bo‘yicha 2,3 ming kishi tahlillarini tekshiruvdan o‘tkazdi. Ularning o‘rtacha yoshi 68da bo‘lib, tadqiqotlar davomida keksalarning bir qismi vafot etdi.

Natijalar hayratlanarli ko‘rinish oldi. 21 oy ichida kuniga kamida 40 grammdan oqsil iste’mol qiladigan odamlarda o‘lim xavfi 31 foizni, 70 yoshdan katta insonlarda esa buyrak ish faoliyati kuchsizlanish xuruji 46 foizni tashkil etgan.

Ayni chog‘da kuniga 70 grammdan ziyod oqsil qabul qiladiganlarda o‘lim xatari 18 foizgacha kamayar ekan.

Olimlarning fikricha, organizm yurak mushaklari to‘qimalarini tiklash uchun oqsil talab qiladi. Tana a’zolari o‘z funksiyasini bajarishga qiynaladigan qarilik paytida yurak to‘qimalarini tiklash uchun oqsil, ayniqsa, muhimdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar oqsil umrni uzaytirishini aniqlashdi