Solsberi universiteti olimlari aniqlashicha, bir smenada 12 soat va undan ortiq ishlagan shifokor diqqatini jamlay olish bobida mast haydovchi bilan bir xil. Bu haqda «Daily Mail» xabari asosida «Xabar.uz» yozmoqda. Bunday holatda ishlagan shifokorlar, ayniqsa, jarrohlarning bemor o‘limiga sabab bo‘luvchi xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli 27 foiz ko‘proq.
Shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqot mediklar ish smenasining 8 soatdan 12 soatga oshishi bemor uchun xavfli ekanini ko‘rsatmoqda. Alohida ta’kidlanishicha, 8 soat ishlab bo‘lgandan keyin hatto hamshiralar va anesteziologlarning ham ish qobiliyati susayib ketadi. Olimlar shifokorlar xatolarini kamaytirishning yagona chorasini ularning ish soatlarini qattiq nazorat qilishda ko‘rishyapti.
Ammo ayni paytda yuzaga kelgan muammoning aybdori shifokorlar emas — olimlarning ta’kidlashlaricha, oxirgi yillarda tez yordam chaqirishlar va shoshilinch jarrohlik yordami ko‘rsatish bo‘limlariga tushganlar soni, og‘ir jarohatlar va jarroh ko‘rsatmasi talab etiladigan boshqa kasalliklarni davolashlar soni besh baravar ko‘paygan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi