Taom nafaqat sog‘liq va qomatga, balki miya faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun yog‘li taomlar qisaqa muddatli xotirani susaytiradi. Lekin miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar ham talaygina. Bugun ulardan beshtasini ko‘rib chiqamiz.
1. QAHVA
Qahva ertalabki uyquchanlikni yengib, tetiklashtirishi hech kim uchun sir emas. Ish vaqtida tetiklashish uchun qahvadagi kofein yordam beradi: diqqatni jamlashda va reaksiya tezligini oshirishda ko‘maklashadi.
Maslahat: haddan tashqari ko‘p qahva ichmang! Kofein — bu o‘rganib qolishni chaqiradigan psixostimulyator. Shuning uchun kuniga 1–2 finjondan ko‘p qahva ichmagan ma’qul.
2. YoNG‘OQLAR
Siz ishlayotganda miya zo‘riqadi va quvvat sarflaydi. Ishingiz qanchalik qiyin bo‘lsa, shunchalik ko‘p quvvat sarflanadi. Yong‘oqlar vitaminlar va oqsilga boy bo‘lgani sababli miyani quvvat bilan ta’minlaydi. Uning tarkibidagi magniy esa stress va ortiqcha zo‘riqishlardan himoya qiladi.
Maslahat: me’yorni biling! Yong‘oqlar kaloriya va yog‘larga boy. Hadan tashqari ko‘p iste’mol qilsangiz ortiqcha vazn orttirib olishingiz hech gap emas.
3. BALIQ
Bizning miyamiz 60% yog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ularning yarmi — omega-3 yog‘li kislotalari . Miya ularni yangi neyronlar va asab tolalari hosil qilish uchun sarflaydi. Omega-3 organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni taom orqali iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Omega kislotalari baliq mahsulotlarida ko‘proq uchraydi.
Maslahat: Butunjahon sog‘liqni saqlash vazirligi baliq mahsulotlarini kamida haftasiga 2 marta iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ular miya faoliyati, yurak va qon-tomir tizimi uchun juda foydali bo‘lib, infarkt va insultni oldini olishga yordam beradi.
4. QORA ShOKOLAD
Tarkibida 70%dan kam bo‘lmagan kakaoga ega qora shokoladlar xotirani yaxshilab, kayfiyatni ko‘taruvchi dofamin gormoni ishlab chiqarilishida ko‘maklashadi.
Maslahat: me’yordan ortiq shokolad iste’mol qilmang. Ayniqsa sutli shokoladlar qondagi qand miqdorini oshirib, bir muddatdan so‘ng charchoq va lanjlik hislarini keltirib chiqaradi.
5. QORAG‘AT
Qorag‘at sizni supermen qilmasada, miya hujayralarini yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan himoya qiladi. Uning tarkibidagi antotsianlar organizmda to‘planib, miya hujayralarining o‘zaro aloqasini yaxshilaydi.
Maslahat: nafaqat yangi terilgan, balki muzlatilgan qorag‘at ham juda foydali. Quritilgani haqida esa bunday deya olmaymiz.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi