06:00 / 23.07.2018
7 936

Olimlar inson ko‘rish qobiliyatini saqlab qoluvchi dori yaratishdi

Olimlar inson ko‘rish qobiliyatini saqlab qoluvchi dori yaratishdi
Bu ish bilan Birmingem universiteti olimlari shug‘ullanmoqda. Ular yaratgan tomchi dori odam qariganda ham ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishdan asray olarkan. Eslatib o‘tamiz, bu xastalik tibbiyotda «makulyar degeneratsiya» deb atalib, ayni kunda xastalikni in’eksiya yordamida davolashmoqda.

Biroq aksar hollarda bu muolajalar ahamiyat kasb etmaydi. Qolaversa, bu muolajalar bemor uchun juda yoqimsiz kechadi. Va bemor bir umr kasalxonaga qatnash bilan vaqt o‘tkazishi kerak. Tomchi dori esa kasalxonaga yotishni talab etmaydi. Dori bilan bemor o‘z uyida davolanishi mumkin.

Hozirgi kunda yangi tomchi dorini kalamushlarda sinovdan o‘tkazishdi. Endi dori quyon va cho‘chqalarda sinab ko‘riladi. Klinik sinovlar esa olimlar zarur tayyorgarliklarni ko‘rib olishgandan keyin boshlanadi. Bu ish taxminan 2019 yil bahorida amalga oshirilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar inson ko‘rish qobiliyatini saqlab qoluvchi dori yaratishdi