17:22 / 25.08.2018
7 196

Oziq-ovqat mahsulotlari orasidagi “eng zararlisi” maʼlum qilindi

Oziq-ovqat mahsulotlari orasidagi “eng zararlisi” maʼlum qilindi
Frayburg universitetining Onkologik kasalliklar profilaktikasi va epidemiologiyasi instituti direktori va Garvard professori Karin Mixelsning maʼlum qilishicha, kokos moyi “haqiqiy zahar” hisoblanadi.

Professor Frayburgdagi maʼruza chogʻida kokos moyi ovqat tarkibida isteʼmol qilinsa, u qanday zarar keltirishi mumkinligi haqida aytib oʻtdi. Uning maʼlum qilishicha, bu “yeyish mumkin boʻlgan eng yomon mahsulotlardan biri hisoblanadi”.

Mixelsning taʼkidlashicha, kokos moyining 80%dan koʻprogʻi toʻyingan yogʻlardan iborat - bu choʻchqa goʻshtidan ikki barobar, mol goʻshtidan esa 60 foizga koʻproq degani. Uning qayd etishicha, kokos moyi “yomon xolesterin” miqdorini oshiradi (LPNP - past zichlikdagi lipoproteinlar). Uning ortib ketishi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oziq-ovqat mahsulotlari orasidagi “eng zararlisi” maʼlum qilindi