22:18 / 27.08.2018
10 525

Kasalliklarni biologik quvvat bilan qanday davolash mumkin?

Kasalliklarni biologik quvvat bilan qanday davolash mumkin?
XISLAT NIMA OʻZI?

Mendan tushuntirishni soʻrashsa, bunday javob beraman:

Yaratuvchi bandasini yaratgan va quvvat berib, jon ato etgan. Yashash uchun kerakli quvvat ichimizda. Oʻsha quvvat ichimizda bor ekan, biz sevamiz, nafratlanamiz, ovqat yeymiz, harakat qilamiz, koʻpayishamiz.

Qoʻlida odam oʻlgan insonlar: “Puf deb nafas chiqardi-yu, oʻldi”, deydi. Hamma oxirgi nafasini chiqarib oʻladi. Oxirgi chiqarilgan nafas bilan Alloh yashashimiz uchun bergan quvvat chiqib ketadi va odam jasadga aylanadi.

Ayrim insonlarga Alloh qoʻshimcha quvvat bergan. U quvvat tashqarida, insonning atrofida boʻladi.

Bunday insonlarning aurasi indigo rangida boʻladi. Ana oʻsha quvvati bor insonlar — xislatli insonlar. Xalq tilida aytsak, “orqali”, qoʻl olishi lozim boʻlgan insonlardir.

Ushbu insonlar xislatidan foydalanib, Allohning bandalariga yordam berishi kerak (shart).

Inson oʻzining xislati bor ekanligini qanday bilsa boʻladi?

Oʻylagani tezda amalga oshadi. Koʻpincha koʻrgan tushlari oʻngidan keladi, qoʻllari qizishi mumkin, boshqalar koʻrmaydigan narsa va hodisalarni koʻrishi mumkin.

Xislati bor odam xislatini ishlatmasa, juda qiyin ahvolga tushadi, yaʼni tez-tez kasal boʻladi, omadsiz boʻladi, hech kim bilan chiqishmaydi, zarda qiladigan boʻlib qoladi.

Shu oʻrinda xislatni ishlatish uchun nima kilish kerak degan savol tugʻiladi. Xislatni ishlatish uchun avvalambor oʻzining xislatini yaxshilab yoʻlga solgan ustoz topib, shogird boʻlish kerak.

Ustoz oʻzini ham, shogirdini ham dasturlab, poklab, shogirdining xislat quvvatini kaftiga yoki yelkasiga jamlab, shogirdni quvvati bilan tanishtiradi. Soʻngra shogirdga xislatini qanday usullar bilan ishlatishi mumkinligini tushuntiradi.

Men xislatli yoshlarga boʻgʻin va yelkalardan tuz olishni oʻrgataman, bino va imoratlarning aurasini tozalashni yoki quvvat bilan davolashni oʻrgataman. Chunki yoshlar kuf-suf qilib dam urishni yoki kinna solishni xohlamaydi. Yoshi ulugʻlarga dam urishni, kinna solishni oʻrgataman.

Menga murojaat qilgan insonlar, odatda, men dasturxon, taxta-supra qilib, chilla oʻtirib qoʻl olganman, lekin hayotimizda hech narsa oʻzgarmadi, deydi.

Hech qayerda qoʻl olish, yaʼni xislatni dasturlash uchun dasturxon, taxta-supra yoki qamchi, pichoq lozim deyilmagan. Jonliq soʻyilsin deyilmagan. Ertalabdan kechgacha roʻmol oʻrab yoki doʻppi kiyib oʻtirib odam koʻrish kerak deyilmagan.

Mening shogirdlarimning koʻpchiligi ertalab, masalan soat 6.00 dan 8.00 gacha qabul vaqti deb eʼlon qiladi. Soat 9.00 dan davlat ishi bilan yoki shaxsiy biznesi, uy ishlari bilan shugʻullanadi.

Xislatni yoʻlga qoʻyib, ish oʻrganish uchun qancha vaqt kerak?

Uch kundan yetti kungacha. Koʻpincha uch kun kifoya.

Qoʻl olish uchun jonliq soʻyish kerakmi? Shart emas. Mablagʻingiz bemalol boʻlsa, himmat qilsangiz, jonliq soʻyib eʼlon qilishingiz mumkin.
Gulnora Shermatova


Noyob qobiliyat sohibi, bioenergoterapevt Bahodir Shermatov bu haqda nima deydi?

Ishlar qalay, sogʻliq yaxshimi? Bu savolga: “Hammasi joyida, otdekman!” deb javob qilganingizga ancha boʻldimi? Balki endi buning oʻrniga “Boshim tars yorilay deyapti”, “Uh, belim ushlab qoldi”, kabi javoblarni qilayotgandirsiz?

Salomatlik taʼriflab oʻtirilmaydi. Ammo uni yoʻqotishimiz bilan minglab soʻzlar ogʻriqni, chekayotgan azoblarimizni, tuganmas muammolarni ifodalaydi. Koʻnglimizga qil ham sigʻmaydi. Kishini qandaydir umidsizlik qamrab oladi. Ertangi kun haqida oʻylaging ham kelmay qoladi. Sogʻliq tiklanishi bilan esa odam dunyoga boshqacha koʻz bilan qaray boshlaydi. Tabiatga, atrofdagi kishilarga eʼtibor qiladi. Vaholanki, bu narsalar, aslida, kecha ham, bir oy avval ham bor edi. Kasallik shunday noxush holatki, u odamni dunyodan uzib qoʻyadi, uzlatga mahkum etadi.

Salomatligi tiklangan odamga soʻzlar ham darkor emas. U oddiygina qilib: “Mixdekman”, — deb qoʻya qoladi.

Biz tibbiy texnologiyalar oʻta rivojlangan hozirgi davrda ham tabiblarga murojaat etishni kanda qilmayapmiz. Qaysi bir jihatdan tabiblar usuli ancha ibtidoiy tuyulsa-da, lekin tabibning iqtidori, hech qanday tahlillarsiz tashxis qoʻyishi, har bir ogʻrigʻingizni his qilishi bizda ularga nisbatan ixlos uygʻotishi sir emas. Balki shuning uchundir, ular bemorlarni samarali davolashadi.

Biz noyob qobiliyat sohibi, bioenergoterapevt Bahodir Shermatovni bahsga chorladik.

— Nima uchun aynan tabiblikni, odamlarni davolashni tanlagansiz?

— Bu dunyoda har bir kishining oʻz ilohiy vazifasi, burchi bor. Kimdir novvoy boʻladi, kimdir oshpaz, yana kimdir oʻqituvchi. Men ham bejizga tabiblikni tanlamaganman. Aytishlaricha, katta bobom Bahodir Shermatov duoxon boʻlgan ekanlar. Odamlarni silab, giyohdan damlamalar berib davolaganlar. Xudo yuqtirgan tabib deb shunga aytsalar kerak-da!

Koʻpchilik bor joyga kirolmayman. Chunki ular tanasidagi ogʻriqni oʻzimda his qilaman. Bu bir tomondan yaxshi, ikkinchi tomondan juda noqulay. Yana deng, bu ogʻriq men oʻsha odamni davolamagunimcha oʻtib ketmaydi. Axir koʻchadagi butunlay begona kishiga: “Keling, sizni davolab qoʻyaman”, deyolmayman-ku! Ammo tabib uchun bemor dardini his qilish juda muhim. Men odam organizmini aniq tasavvur qilaman va avvalo undagi zaif va kuchli tomonlarni belgilayman. Shu yoʻsinda uning surunkali kasalliklarini ajratib, alohida eʼtibor bilan davolayman. Har bir bemor bilan alohida ishlashni yaxshi koʻraman. Bir narsani oʻzimga shior qilib olganman: har bir kishi sogʻ-salomat boʻlib, hayotdan bahra olib yashashga haqli. Men odamlar yoʻqotgan quvonchni qaytarishni istayman. Negaki, tabib tabib emas, boshidan oʻtkazgan tabib, deb bejizga aytmaydilar. Bir paytlar oʻzim ham tomdan yiqilib, ancha paytgacha qimir etmay yotishga majbur boʻlganman. Buning qanchalar azob ekanini yaxshi bilaman. Oʻshanda sogʻayib qetsam, bemorlarni davolab, oyoqqa qoʻyaman, deb oʻz-oʻzimga soʻz berganman.

— Bahodirjon, siz bemorlarni bioquvvat yordamida davolaysiz. Ayting-chi, ularning samarali davo topishiga nima sabab boʻlyapti, deb oʻylaysiz?

— Ruh yoki odamning latif tanasi mavjudligi haqida juda koʻp maqolalar bosildi. Bilishimcha, siz ham bu haqda koʻp yozgansiz. Nihoyat, buni olimlar ham tan olishyapti. Tabobat — asosiy eʼtiborni tanani emas, ruhni davolashga qaratadi. Men, masalan, odamning har bir aʼzosini alohida davolashlariga qarshiman. Odamni bir butunlikda koʻrish kerak, chunki u bir tanu bir jon! Agar uning buyragida muammo boʻlsa, bu, albatta, uning boshqa aʼzolariga ham zarar yetkazadi. Shuning uchun kasallik belgilari bilan uning oqibatini emas, balki uni keltirib chiqargan sababni davolash kerak. Aks holda, oʻsha sabab tanada yashirinib qolsa, baribir bir kun kelib bosh qoʻtaradi. Shuning uchun kasallikning tomirini kesib, uning qaytalanishiga hech qanday imkoniyat qoldirmaslik lozim!

— Buni aniqlash oson emasdir?

— Albatta, oson emas. Avvaliga tanani ziyonlardan tozalab, unga shifobaxsh quvvat beraman. Shundan keyin zararlangan yoki faoliyati buzilgan ichki aʼzolardagi biologik holatni bioquvvat yordamida tiklashga harakat qilaman. Muhimi, kasallikni keltirib chiqargan birinchi sababni aniqlab olish. Chunki, aslida, kasallik qachon paydo boʻlganini odamning oʻzi ham eslab qololmaydi. Masalan, kimningdir oyogʻi ogʻriydi. U yillab bod kasalligidan davolanadi, ammo tuzalmaydi. Chunki buning sababi, aslida, butunlay boshqa narsa boʻlib chiqadi. Bir paytlar bemor yiqilgan va umurtqa pogʻonasini shikastlab olgan. Oʻsha paytda bunga eʼtibor qilmagan, ogʻriq ham sekin-asta oʻtib ketgan. Yillar oʻtib, bemor buni eslamaydi ham. Shuning uchun u boddan davolanadi, kasal esa tuzalmaydi. Koʻrdingizmi, kasallikning bosh sababini aniqlash qanchalar muhim.

— Hozirgi kunda tibbiy texnologiyalar rivojlandi. Ammo baʼzida kompyuter tomografiyasi ham, qator topshirilgan tahlillar ham tashxis qoʻyishni yengillashtira olmayapti!

— Afsuski, shunday. Kishi tabib boʻladimi, shifokormi, bemorning ogʻriqlarini his qilishi kerak, deb oʻylayman. Agar biz bemorga yuragimiz bilan ichki sezgimizga tayanib yondoshsak, kasallik sababini, albatta, toʻgʻri aniqlaymiz. Masalan, bir jinoyatni aniqlashda izquvar dalillarga va mantiqiy xulosalariga tayanadi. Tabib esa bemorni davolashda ichki sezgisiga, botiniga suyanishi kerak. Ichki sezgim meni hech qachon aldamagan.

— Bu yerda hamma bemorlar birdek davo topib ketadimi?

— Hatto tibbiyotda ham bari bemorlar bir xilda shifo topib ketmaydi. Bu faqat mengagina bogʻliq emas. Qolaversa, bu bemorning oʻziga, irodasiga, avlod-ajdodlariga, ular qilgan gunohu savob ishlarga ham bogʻliq. Bemor uchun asosiysi tabibga ixlos qilish va tushkunlikka tushmaslik. Kurashchan odam hamisha yengadi. Biz bunda bemorlarga yaxshigina tayanch boʻla olamiz!

Suhbatim soʻngida hammaga sihat-salomatlik va bardamlik tilayman.

Minnatdorlik maktublari

Shu kasallik sabab qattiq tushkunlikka tushib qolgandim. Dugonalarim kelin koʻylag-u pardoz anjomlarini havas bilan tomosha qilayotgan bir paytda, kelin boʻlish menga ham nasib etarmikin, deb oʻylardim. Kasalligim tufayli hech kimnikida yotib qolmasdim. Shunday dardim borligini atrofdagilardan yashirardim. Chunki kap-katta, boʻyiga yetgan qiz kechasi peshob tuta olmas, yosh boladay toʻshakni hoʻllab qoʻyardim. Bu yoqda ota-onam meni davolataman deb rosa sarson boʻlib ketishdi. Hammadan ham onam qaygʻurardilar. Endi buni qanday uzataman, deb oʻylardilar, balki buyrakda ham biron kasallik bordir, degan xavotirda qolishgandi. Ular qancha davolatishga harakat qilishmasin, boʻlmadi.

Shunday kunlarning birida Bahodir tabib haqida eshitib qoldik. Soʻnggi umidimiz shu tabibdan edi. U qoʻllarini tanam uzra yurgizib, hamma kasalliklarimni toʻgʻri aytib berdi va buyrakda biroz shamollash borligini, bu uncha xavfli emasligini aytdi. Sochim toʻkilayotganini, oshqozonim ogʻrishini ham toʻgʻri aytib berdi. Muolaja paytida tabibning kaftlaridan chiqayotgan iliqlikni yaqqol his qildim. U kaftlarini qovugʻim uzra yurgizganida, qornimda bir nimalar gʻimirlab ketdi. Bu holat men uyga kelganimda kechasi ham davom etdi. Tabib yonimda boʻlmasa ham qovugʻim qiziyverdi. Ikki marta muolajadan keyin kechasi peshob tutolmasligim taqa-taq qoldi. Bundan tashqari, bosh ogʻrigʻi toʻxtadi, sochim toʻkilmay qoʻydi. Oshqozonim ham soatday ishlaydigan boʻldi. Ilgarigi odamoviligimdan asar ham qolmadi. Men xotirjam, quvnoq qizga aylandim. Ota-onam tunu kun Bahodir akani duo qilishadi. Yaqinda xolamning qizlari uch yashar oʻgʻlini bogʻchaga joylashtirganini, ammo bolasi nuqul toʻshakni hoʻllab qoʻyayotganini aytib hasrat qildi. Biz unga ham Bahodir tabibga borishni maslahat berdik. Qarangki, uning bolasi ham tez orada tuzalib ketibdi. U bizga telefon qilib rahmat aytdi.
Shohsanam Qodirova,
Toshkent. Yoshi 17 da.

* * *
Oʻzim kasalxonada jarrohlik boʻlimida ishlayman. Bachadon miomasi operatsiyalarida juda koʻp qatnashganman. Shuning uchun oʻzimga “bachadon miomasi” deb tashxis qoʻyilganida jarrohlik qildirishdan qatʼiy bosh tortdim, chunki operatsiya nima ekanligini juda yaxshi bilaman.

Oxirgi uch oy mobaynida bachadondan hayz kelishi sira toʻxtamadi. Bahodir tabib haqida eshitib, “chiqmagan jondan umid” deb shu yerga keldim. Qornim mioma tufayli yetti oylik homilasi bor ayollarnikiday kattalashib ketgandi.

Birinchi kuni meni UZIga tushirishdi. Bachadonim mioma bilan liq toʻla ekanini qayd etishdi. Shu tufayli hatto bachadon devori koʻrinmay qolgandi. Bahodir tabib qornimga kaftini qoʻyib davolay boshladi. Oldin badanimga issiqlik yugurdi, keyin xuddi narkoz ukol qilinganday belimdan pastini sezmay qoldim. Tabib muolajalaridan keyin qornim oʻz holiga qaytdi va yumshadi. Ertasi kuni ertalab qon toʻxtaganini koʻrdim. Bir necha muolajalardan keyin UZIga tushdim. Ne koʻz bilan koʻrayki, bachadonimdagi mioma 5 sm ga kichraygan edi! Mioma tufayli umrim qisqa ekan, deb oʻylab, tayyorgarligimni qilib qoʻygan, fikran hamma bilan vidolashib yurgandim. Endi men uchun hayot boshqatdan boshlandi. Bu yerga kelganim mening ikkinchi tugʻilishim boʻldi, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman.
Xolida Usmonova,
32 yoshda, Toshkent.

* * *
Mening chaqqon, yakkayu yagona qizim doim roʻzgʻor ishlariga qarashib turardi. Ertalab maktabga borar, uyga kelib menga qarashar, undan keyin dalaga otasiga yordamlashgani borardi. Yer chopib, oʻt yulardi. Xullas, uy, dala ishlari hech tugamas edi. Bir kuni qizim beli ogʻriyotganini, borgan sari kuchli azob berayotganini aytdi. Shunda qizimni qishlogʻimiz doʻxtiriga olib bordim. Tekshiruv natijasida doktor unga osteoxondroz va bel churrasi deb tashxis qoʻydi, qizimni jiddiy davolatish kerakligini aytdi. Doʻxtirning hamma aytganlarini qildik. Kunlar oʻtib, qizimning bel ogʻrigʻi pasaydi-yu, lekin ogʻrigʻi oxirigacha ketmadi. Qizimning qiynalayotganini koʻrib, sabrim chidamay shaharga olib keldim. Shahardagi tanishlarim qizimni Bahodir tabibga olib borishimni tavsiya qilishdi. Bu odam qizimga oʻxshagan kasallarshshg koʻpini davolagan ekan. Nihoyat, izlay-izlay, uni topdik. Birinchi muolajadan keyin qizim oʻzini yengil his qildi. “Belimda chumoli oʻrmalayottanga oʻxshab tuyuldi”, dedi u kulib. Buning ustiga, Bahodir tabib qizimning buyragida ham shamollash borligini aytdi va uni astoydil davoladi.

Kundan-kunga uning chiroyi ochilib bordi. Qizim undan bir nechta muolaja oldi. Bel ogʻrigʻi, buyrak ogʻriqlaridan butunlay xalos boʻldi. Shundan keyin ham dunyoda chinakam qobiliyat egalari borligiga ishonmay boʻladimi?
Guli Sodiqova,
Qoraqalpogʻiston

* * *
Kishi sogʻ-salomat yurgan paytda buning qadriga yetmas ekan.; Asta-sekin bel ogʻrigʻidan boshlangan kasallik noxush tashxis bilan tugadi. Bunday tashxis bilan hech bir bemor oyoqqa turmagan ekan. Men buni ukam doktor bilan gaplashayotganida eshitib qoldim. Eshitdim-u, koʻzlarimga yosh quyildi. Nahotki endi yura olmasam?! Bu men uchun dahshat edi. Axir hali yosh edim, butun hayotim oldinda edi. Tushkunlikka tushib qoldim. Ayniqsa, ogʻriqlarni aytmaysizmi… Ogʻriq boshlanganida jonimni qoʻygani joy topolmasdim. Avvaliga doktorlar haqida ham, tabiblar haqida ham eshitishni istamadim. Shunday kunlarning birida noyob qobiliyati boʻlgan bir tabib borligini aytib qolishdi. Bir borib koʻr, deyishdi tanishlarim. Ammo yurolmaydigan odamning bir joyga borishi oson emas. Ukalarim bor boʻlishsin, ular ham Bahodir tabibga ixlos qilishgandi. Meni uning huzuriga koʻtarib olib borishdi.

Hamma narsadan umidini uzgan odamni davolash qiyin. Har ne qilganda ham, Bahodir tabib meni oʻz kuchiga ishontirishi kerak edi. Ammo shu kuni kutilmagan hodisa yuz berdi. Tabib men bilan 20 minut muolaja oʻtkazdi. Hech nimani sezmaydigan oyoqlarim tabibning qoʻllari taftini sezdi. U oyogʻim ustidan qoʻllarini yurgizganida xuddi oyogʻim ichidan ip tortilganday bir narsalar tortila boshladi, keyin ichidan toʻlqin yurganday jimirladi. Bu oyoq uvishib qolib, keyin qon yurishib ketgan holatta oʻxshardi. Oyoqda qon yurisha boshlagach, unga minglab ignalar sanchilayotganga oʻxshaydi, menda ham shunday boʻldi. Shundan soʻng men uchun moʻʼjiza yuz berdi. Oyoqlarim harakatga keldi. Avvaliga bir-ikki qadam tashlab yurdim. Buni koʻrib ukalarim ham dong qotib qolishdi. Axir ular meni bu yerga koʻtarib olib kelishgandi. Ular ham Bahodir tabibga tan berishdi. Tabib meni bir kunda oyoqqa qoʻydi. Men uchun ana shunisi moʻʼjiza edi. Bu yerga ukalarim koʻtarib olib kelishganini boshqalar ham koʻrishgandi, ichkaridan oʻzim yurib chiqqanimni koʻrib, angrayib qolishdi. Mening yurib kirganimni koʻrib, onam yigʻlab yubordilar. Keyin yana muolajalarga qatnadim. Kun sayin ahvolim yaxshilana bordi. Nihoyat, men tuzalib ketdim. Sogʻligʻi tiklangan odam qayta tugʻilgan kishiga oʻxshaydi. U endi hayotning qadriga yeta boshlaydi. Oʻzimni juda baxtli his qilmoqdaman.

Bahodir tabibda qandaydir sirli kuch borligiga ishondim. Avvalambor, Xudodan, qolaversa, bu odamdan men juda minnatdorman.
Nargiza Umarova,
29 yosh, Toshkent.

* * *
Yaxshi umidlar bilan oʻzim sevgan yigitga turmushga chiqdim. Toʻylar oʻtib, hayotim bundan buyon yaxshi boʻladi, deb oʻylabman, ammo chuchvarani xom sanagan ekanman.

Erim bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Erim erta ketib, kech kelardi. Bu uyda nimalar boʻlayotganidan bexabar edi. Uyda esa it tinardi, qush tinardi, men tinmasdim. Qaynonam meni avval-boshdan sira yoqtirmadilar. Oʻtirsam oʻpoq, tursam soʻpoq, derdilar. Erta sahardan namozshomgacha roʻzgʻor ishlarini qilganim yetmaganday, bir narsa yoqmay qolsa, janjal koʻtarardilar. U kishi menga qoʻl koʻtargan paytlari ham boʻldi. Bir safar isitmalab yotgan joyimdan sudrab olib chiqdilar. Bu mashmashaning ustiga onam kelib qoldilar. Narsalarimni yigʻib, meni uyga olib ketdilar, doʻxtirga chiqdik. Sovuq kunlarda hovliga suv sepib supurganim uchun bel, boʻyin, buyrak shamollagan, oyogʻimdan zax oʻtib, jinsiy aʼzolarim ham shamollab ketgandi. Xullas, sevganim bilan birga boʻlaman, onasining xizmatini qilaman, deb bir dunyo kasal orttirib olibman. Axir har narsaning ham meʼyori bor-ku! Odam temirdan yasalmagan ekan, buni men juda yaxshi tushunib oldim.

Ertasiga meni shifoxonaga olib keldilar. Yuzimda rang yoʻq, asabim joyida emas edi. Boshimni rentgen qilishganida, “bosh miya qon bosimi oshgan” deb tashxis qoʻyishdi. Haqiqatan ham, oxirgi paytlarda asabiylashganimda boshim qattiq ogʻriydigan boʻlib qolgandi. Ogʻrigʻiga chidab boʻlmasdi. Ahvolimni koʻrib, onam faqat yigʻlardilar. Shunday kunlarning birida qoʻshnimiz biznikiga chiqib, kuchli tabib borligini aytib qoldi.

Ertasiga onam bilan shu tabibning manzilini topib keldik. Bahodir tabib istarali, xushmuomala odam ekan, asosiysi, u bemorlarni mehr va eʼtibor bilan davolardi.

Birinchi muolajada tabib qoʻllarini boshimga qoʻygach, uning kaftidan kelayotgan issiqlikni yaqqol his qildim. Ichimni prujinaday tortib turgan taranglik kutilmaganda qoʻyib yubordi, men shunday yengil tortdimki, shunda qoʻl-oyoqlarim jimirlab, tanamga quvvat kirayotganini sezdim. Bari azoblarim chekinib, men qandaydir xotirjam boʻlib qoldim.

Keyinchalik muolajalarga muntazam qatnadim, soʻng asal tabib yordamida yelkamdan, boʻynimdan asal orqali tuz oldirdim. Boshim ogʻrimay qoʻydi, yelka va bel ogʻriqlar tuzalib ketdi, kechalari uyqum yaxshilandi.

Tabib Bahodir akaga ming bor rahmat!
Soʻlmas Umaraliyeva, Buxoro.
“Sirli tabobat. Biologik quvvat bilan davolash” kitobidan olindi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kasalliklarni biologik quvvat bilan qanday davolash mumkin?