17:21 / 12.09.2018
12 986

Jigarning kutilmagan “dushmanlari” (foto)

Jigarning kutilmagan “dushmanlari” (foto)
Jigar koʻplab alohida hujayralar, gepatotsitlardan tashkil topgan. Har bir bunday hujayra - kichik “kimyoviy laboratoriya” boʻlib, u organizmga tushuvchi barcha zararli moddalar va zaharlarni zararsizlantiradi. “Zdorovye s Yelenoy Malыshevoy”da jigarning kutilmagan “dushmanlari” haqida maʼlumot berildi.

Shakar

Shakar nafaqat tishlar, balki jigar uchun ham zararlidir. Tadqiqotlarda shakar jigar uchun alkogol kabi zararli boʻlishi mumkinligi koʻrsatilmoqda. Gap shundaki, shakar tarkibida fruktoza mavjud boʻlib, jigar uni yogʻga aylantiradi. Agar yegulikda shakar haddan tashqari koʻp boʻlsa, u holda jigar yogʻga toʻlib ketadi va sustroq ishlay boshlaydi. Bu esa shirinliklar, pishiriqlar va gazli ichimliklarni cheklash uchun yana bir sababdir.

Dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan preparatlar

Dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan preparatlar koʻpchilik oʻylagandek xavfsiz emas. Masalan, kavadan tayyorlangan preparat jigarning normal faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, gepatit keltirib chiqaradi va umuman jigarga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun baʼzi mamlakatlarda bunday dori vositalari taqiqlangan. Har qanday oʻsimlikdan tayyorlangan dori vositalarini qabul qilishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Foto: Pixabay
Semizlik

Semizlikda yogʻ nafaqat bel atrofida, balki jigar hujayralarida ham toʻplanib qoladi. Jigar oʻlchamlari kattalashadi va baʼzan normal hujayralar chandiqli toʻqimalarga almashadi, bu esa jigar serroziga olib keladi. Oʻrta yoshli kishilarga eng koʻp semizlik va diabet xavf soladi. Jigarni davolash uchun dorilarning oʻzigina yordam bermaydi: toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy mashqlargina kasallikni bartaraf etishga qodir.

A vitaminining meʼyordan ortishi

Tuxum, sut, sarxil qizil, apelsin va sariq rangli mevalarda A vitamini koʻp. Shu bilan birga, tabletka va draje shaklidagi vitaminlar ham keng tarqalgan: ular koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi, suyaklar va immunitetni mustahkamlaydi. Biroq A vitaminining meʼyordan ortiq (sutkasiga 3000 mkgʻdan ortiq) boʻlishi jigar uchun zararlidir.

Foto: Pixabay
Shubhali tatular

Agar sizga har bir mijozdan keyin jihozlari sterilizatsiya qilinadigan sertifikatsiyali salonda tatu yoki pirsing qilinsa, virusli gepatit yuqtirishdan qoʻrqmasa ham boʻladi. Biroq jihozlar keraklicha qayta ishlanmasa, xavf koʻp karra oshadi. Gepatit viruslari bemorning qoni bilan birga oʻtib, bedavo kasallikka olib kelishi mumkin.

Gazli ichimliklar

Jigarini yogʻ bosgan odamlarning 80 foizi kuniga kamida ikki banka gazli ichimlik isteʼmol qiladi. Ularning parhezli ichimlik yoki parhezsiz ekanligi ahamiyatsiz - jigar kasalligining rivojlanishida nafaqat shakar, balki boshqa komponentlarning ham hissasi bor. Masalan, baʼzi olimlar sunʼiy taʼm beruvchilarga ham shubha bilan qarashmoqda.

Foto: Depositphotos
Trans-yogʻlar

Trans-yogʻlar chips va shu kabi mahsulotlar tarkibidagi zararli yogʻlardir. Trans-yogʻlarni suisteʼmol qilish nafaqat semizlik, balki jigarda yogʻlarning toʻplanishi va keyinchalik sirrozning kelib chiqishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jigarning kutilmagan “dushmanlari” (foto)