06:00 / 04.10.2018
7 198

Tish ogʻrigʻidan oddiy limon yordamida halos boʻling!

Tish ogʻrigʻidan oddiy limon yordamida halos boʻling!
Limon organizmni tiqinlardan tozalashda, hazm qilish faoliyati, qon aylanishi, koʻrish qobiliyatini yaxshilash, immunitetni oshirish va yuqori nafas yoʻllari kasalliklarida koni foydadir.

Retsept:

Shamollaganda: immunitetni mustahkamlash, tumov va nafas yoʻllarini tozalash uchun kuniga uch mahal limon sharbatiga 1 stakan qaynagan suv aralashtirib ichish foydali. Ayniqsa, tana harorati koʻtarilgan paytda limon sharbati ichilsa, ter ajralishi natijasida isitma pasayib, organizmda kasallikka qarshi taʼsir kuchi yuzaga keladi.

Hazm qilish faoliyati bilan bogʻliq holatlarda: masalan, jigʻildon qaynashida limon sharbatiga ozroq suv aralashtirib ichilsa, bezovtalik yoʻqoladi.

Tish ogʻrigʻida: milklar qonashi, kariyes va tish ogʻrigʻida limon sharbati bilan ogʻizni chayqash tavsiya etiladi. Har kuni uyquga yotishdan avval archilgan limon poʻsti bilan tishlar ishqalansa, milklar mustahkamlanib, tish rangi oqaradi.

Teri muammolarida: yuz, qoʻl va oyoq terisidagi muammolarda limondan foydalanish mumkin. Teridagi shamollash sabab yuzaga kelgan toshmalar, teri yuzasining dagʻallashib, qorayishi kabi holatlarda limon boʻlagi yordamida muammodan xalos boʻlish mumkin. Limon tarkibidagi antibakterial moddalar teri yuzasidagi shamollashni ketkazib, jarohatning bitishini tezlashtiradi.

Yurak-qon tomir faoliyati muammolarida: har kuni nahorda och qoringa 1 stakan limon sharbatini taʼbga koʻra suv bilan aralashtirib qabul qilinadi. Bu usul yurak faoliyati uchun quvvat beradi.

Limondan tayyorlangan murabbo va kompotlar jigar, qorin, mushaklar ogʻrishi va qon ketish holatlarida foydali.

Kimlarga mumkin emas?

Homilador ayollar va kichik yoshdagi bolalarga (agar allergik toshmalarga moyillik boʻlsa), limondan tayyorlangan malhamlar tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga, oshqozon yarasi va 12 barmoqli ichak faoliyati bilan bogʻliq xastliklarda ham mazkur meva nojoʻya taʼsir koʻrsatishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tish ogʻrigʻidan oddiy limon yordamida halos boʻling!