17:25 / 04.10.2018
12 688

Allergiyadan dori-darmonsiz, uy sharoitida qutilish mumkin...

Allergiyadan dori-darmonsiz, uy sharoitida qutilish mumkin...
Taxminan 1977 yillarda allergiyadan juda qattiq azob cheka boshladim. Erta tongda uygʻonishim bilan oʻn martalab tinimsiz aksa urardim. Bu paytda burnim va koʻzimdan shashqator yosh oqardi. Shu bois har doim yonimda bir nechta dastroʻmol yurardi.

Bora-bora har xil hid va quyosh nuri tufayli aksa urishim kuchayib ketdi. Natijada doimiy aksa urish kuchli bosh va qorin ogʻrigʻini qoʻzgʻay boshladi.

Allergiyaga qarshi xalqona usullar yordamida 7 yil kurashdim. Tabiiyki, hech nima yordam bermadi. Allergiya qanday boʻlsa, shundayligicha qolaverdi.

Kunlarning birida bir ayol menga zabrus sotib olishni tavsiya etdi. Zabrus — bu asalari mumkatak ogʻzini bekitadigan qopqoq.

Menga xalqona retsept asosida allergiyaga qarshi kurashning bu usuliga ishonishdan boshqa chora qolmagandi. Zabrus qabul qila boshladim. Goh choyga qoʻshib ichsam, goh uni shunchaki chaynab yurardim.

Asta-sekin allergiya haqiqatan ham yoʻqola boshladi. Salomatligim tiklanganini 2 kg zabrus isteʼmol qilganimdan soʻnggina his etdim. Taxminan 6-8 oy ichida esa allergiya butunlay yoʻq boʻlib ketdi.
Ergashboy KAMOLOV
Samarqand viloyati

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Allergiyadan dori-darmonsiz, uy sharoitida qutilish mumkin...