07:30 / 05.11.2018
7 334

Olimlar yurak qon tomirlar devorlarini mustahkam tuta oluvchi mahsulotni aniqlashdi

Olimlar yurak qon tomirlar devorlarini mustahkam tuta oluvchi mahsulotni aniqlashdi
Daniya olimlari yurak qon tomir devorlarini mustahkam tutuvchi, yurak xuruji xavfini sezilarli darajada kamaytira oluvchi yana bir mahsulot turini aniqlashdi.

Bu dengiz karami ekan. Tadqiqotlarda ishtirok etganlarga ma’lum muddat dengiz karami berib borilganda, ular har kuni erta tongdanoq o‘zlarini a’lo darajada his eta boshlaganlarini bayon qilishdi. Vaholanki, ularning barchasi turli ko‘rinishdagi yurak xastaliklariga duchor bo‘lganlar edi.

Gap shundaki, dengiz karami magniy va temir moddasiga, A, S, Ye vitaminlariga boy. Dengiz karami tarkibidagi polisaxaridlar immunial tizim faoliyatini yaxshilaydi, organizmda modda almashinuvini me’yorda ushlab turadi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar yurak qon tomirlar devorlarini mustahkam tuta oluvchi mahsulotni aniqlashdi