AQShdagi Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari tanani zarur dori-darmon bilan ta’minlaydigan va hatto organizm holatini ma’lum darajada tahlil qiladigan “aqlli” tabletkani yaratishdi.
Bunday imkoniyat uzoq muddatli davolash talab etiladigan hollarda qo‘llanadi. Tabletka ko‘p qavatli 3D-printeri yordamidan tayyorlangan bo‘lib, bu uning oshqozonda bosqichma-bosqich erishiga yordam beradi. Uning ichki qismini zarur dori bilan to‘ldirish mumkin. Maxsus datchiklar esa barcha ma’lumotlarni "bluetooth" orqali foydalanuvchi gadjetiga o‘rnatilgan dasturga yuboradi. Ushbu dastur yordamida tabletkaning keyingi harakatlarini o‘zgartirish ham mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlarning oldini olish maqsadida qurilma simsiz signal orqali o‘zini o‘zi yo‘q qilish funksiyasi bilan ham ta’minlangan. Bu esa uni uchinchi tomonning ulanib olishidan himoya qiladi va deyarli to‘liq xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlaydi.
Hozircha ushbu tabletka odamlarda sinovdan o‘tkazilmadi. Birinchi tajribalar oshqozon-ichak traktini takrorlaydigan maxsus maketda o‘tkazildi. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya ikki yil ichida barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holda yakuniga yetkaziladi va odamlarda sinovdan o‘tkazishga tayyor bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda