09:23 / 24.02.2019
10 554

Olimlar ovqat allergiyasini «o‘chirib qo‘yish» yo‘lini topdi

Olimlar ovqat allergiyasini «o‘chirib qo‘yish» yo‘lini topdi
Amerikalik tadqiqotchilar immun javobning intensivligini boshqaradigan retseptorni aniqladi. Uni boshqarishni o‘rganib olgandan so‘ng hayot uchun xavfli bo‘lgan allergik reaksiyalarni to‘xtatish mumkin. Ovqat allergiyasi insonni o‘limgacha olib borishi mumkin. Ba’zan ma’lum ovqat hidining o‘zigina odam immun hujayralarining giperaktivatsiyasiga va anafilaktik shok rivojlanishi uchun yetarli bo‘ladi.

Michigan shtati universiteti olimlari kelajakda allergiyadan qiynalayotgan ko‘plab bemorlarning sog‘lig‘i va hayotini saqlab qolishi kutilayotgan immun tiziming yangi ishlash mexanizmini ochdi. Ularning xulosalariga ko‘ra, semiz hujayralar nomlanuvchi immun hujayralarida «boshqaruv richagi» — CRF2 retseptori joylashgan. CRF2 retseptori semiz hujayralarning organizmga qancha miqdorda gistamin ajratib chiqarishini boshqarib turadi. Allergik reaksiyaning og‘irlik darajasi aynan unga bog‘liq.

Odatda gistaminda patogen mikroorganizmlardan himoya vositasi sifatida foydalaniladi, lekin uning retseptori noto‘g‘ri ishlashni boshlasa, u haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarila boshlaydi va organizmda autoimmun kasalliklarni chaqiradi.
Tadqiqotchilar o‘z kashfiyotini tasdiqlash uchun sichqon, cho‘chqa va odam semiz hujayralarini ajratib oldi. Keyin kimyoviy yo‘l bilan CRF2 retseptorini shikastlashdi. Bu esa hujayralarning giperaktivatsiyasi va gistaminning keragidan ortiq miqdorda ajralib chiqishiga olib keldi.

Olimlarning kashfiyot allergik reaksiyalarni uzoq muddatga ingibirlashga olib keladigan yangi dori preparatlarining yaratilishiga sabab bo‘lishiga umid qilishmoqda. Hozirda mavjud dorilardan farqli ravishda ular profilaktik emas, reaktiv effektga ega bo‘ladi.
Oy boshida esa olimlar eozinofillarni o‘sma to‘qimasi bilan «oziqlanishga» o‘rgatishgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar ovqat allergiyasini «o‘chirib qo‘yish» yo‘lini topdi