5 383
Britan olimlari yurak xurujini 90 foizgacha aniqlik bilan oldindan aytishni o‘rganishdi
Tadqiqotchilar kompyuter tomografiyasi natijasida olingan oddiy suratlarni tahlil qiladigan dasturni ishlab chiqishdi.
Britan olimlari topgan o‘ta samarali usul yurak xuruji paydo bo‘lmasidan turib uning dastlabki belgilarini aniqlash imkonini beradi. The Times gazetasiga ko‘ra, bunga sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llash orqali muvaffaq bo‘lingan.
Oksford universiteti mutaxassislari sun’iy intellekt asoslanib ishlab chiqqan texnologiya yurak xurujiga uchrash ehtimoli o‘ta yuqori bo‘lgan insonlarda bu holat paydo bo‘lishini o‘n yilgacha oldindan aytib bera oladi. Yangi dastur yurakning kompyuter tomografiyasi vositasida olingan oddiy suratlarini tahlil qiladi. Olimlar buning yordamida tanadagi yog‘ to‘qimalari, chandiqlar, yallig‘lanishlar va yangi qon tomirlarining paydo bo‘lishini o‘rganib chiqqan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu dastur mijozda yurak xuruji paydo bo‘lishini oldindan 85-90% aniqlikkacha oldindan aytib beradi. “Kompyuter tomografiyasi yordamida ko‘rayotgan narsamiz bu – aysbergning uchi, xolos. Biz sun’iy intellektning favqulodda o‘ta kuchli tizimini ishlab chiqdik, u inson organizmini ichkaridan ko‘rib, unga xafv tug‘dirayotgan omillarni ko‘rsatib beradi”, dedi Oksford universiteti professori Xaralambos Antoniadis. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?