23:35 / 29.10.2019
4 329

Olimlar qahvaning yangi foydali xususiyatini aniqladi

Olimlar qahvaning yangi foydali xususiyatini aniqladi
Olimlar muntazam ravishda qahva iste’mol qilish bir qator kasalliklarga chalinish xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Amerika gastroenterologlari jamiyati saytida nashr qilindi.

Beylor tibbiyot kolleji o‘tkazgan tadqiqot doirasida 34 kishi ishtirok etib, unda yo‘g‘on ichakning turli qismlarida biopsiya o‘tkazilgan – namuna uchun bir bo‘lagi olinib, tekshirilgan.

Aniqlanishicha, ko‘p qahva iste’mol qiladigan kishilarning ichagida inson sog‘lig‘i uchun foydali bo‘lgan Faecalibacterium va Roseburia bakteriyalari ko‘proq, aksincha, sog‘liqqa zararli Erysipelatoclostridium bakteriyalari esa kamroq topilgan.

Ichaklardagi bakteriyalar holati qandli diabet, buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishda muhim o‘rin tutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar qahvaning yangi foydali xususiyatini aniqladi