16 761
Buyuk Britaniyada homilador bo'lgan birinchi erkak boshqalarni bunday qilmaslikka chaqirmoqda
Xayden Kros, ilk marta farzand tuqqan erkak, boshqalarga buni juda qiyin deb bilganligi sababli bunday qilmasliklari haqida maslahat bermoqda, deya xabar bermoqda TyLa.
Xayden Trinity-Leyga o‘z bachadonidan joy berib, uning dadasi bo‘lishdan xursand bo‘lsa ham, boshqalarga buni sinab ko‘rmasliklari haqida ogohlantirish bermoqda.
U shunday dedi: "Men sizlarga yolg‘on gapirishni istamayman. Bu hissiyot juda g‘alati edi va homiladorlar juda ko‘p his-tuyg‘ularni boshidan o‘tkazarkan va men buni sinab ko‘rishni hech kimga maslahat bermayman, chunki bu juda qiyin ekan."
U qo‘shib qo‘ydi: "Men va qizim judayam baxtlimiz va bu juda muhimdir. Biz onamga juda yaqinmiz, chunki onam ham men bilan bir vaqtning o‘zida o‘g‘il farzandli bo‘lgandi. Bizning munosabatlarimiz hozir juda kuchli". Homiladorlik haqida gapirar ekan, u qo‘shimcha qildi: "Bu juda katta jang edi, ammo bunga arziydigan jang bo‘ldi."
Xayden 21 yil oldin Parijda tug‘ilgan, u shuncha yoshini erkak sifatida o‘tkazdi, ammo oxirgi uch yil ichida o‘z ismini va jinsini qonuniy ravishda o‘zgartirmoqchi bo‘lib yuribdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi