Foto: «Medicalxpress»
AQShda Jon Xopkins universiteti olimlari rakning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan glutamin metabolizmini bloklaydigan preparatni yaratishdi. «JHU083» birikmasi, shuningdek, xavfli o‘smaning mikro aylanasini o‘zgartirib, immun tizimi oldida zaiflashtirib yuboradi, deya xabar beriladi «MedicalXpress» press-relizida.
Preparatning aktiv shakli «DON» glutamin antagonistini ta’siriga taqlid qilib, o‘sma to‘qimalarida to‘planadi. Ma’lumki, glutamin metabolik yo‘llarni rag‘batlantirib, o‘smalarning jadal o‘sishiga sabab bo‘ladi. «JHU083» yo‘g‘on ichak raki, limfoma va melanoma bo‘lgan sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. Birikma hujayra, qon tomirlardan iborat o‘sma mikro aylanasiga ta’sir ko‘rsatib, yuqori kislotalik, kislorod va oziq moddalar yetishmasligi tufayli immun hujayralariga qarshi kurashadi.
«JHU083» shishlar o‘sishining kamayishiga olib kelgan hamda yashovchanlikni yaxshilagan. Ayrim sichqonlarda immun reaksiyasi chaqirgan uzoq muddatli remissiya kuzatilgan. Jonivorlarning o‘sma hujayralariga takroran yuborilganda ajralish yuz bergan. Bu kuchli immun xotira shakllanganidan dalolat. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi