7 723
Yiliga 400 ming kishining yostig‘ini quritadigan kasallikka oddiy qaynatma sho‘rva qarshi turadi
Foto: «Mybooking.uz»
Londondagi Imperial kollej olimlari go‘sht va sabzavotli sho‘rvalar bezgakni chaqiruvchi xavfli «Plasmodium falciparum» parazitining hayotiy siklini to‘xtatishini aniqlashdi. Bu haqda «MedicalXpress» press-relizida ma’lum qilingan.
Tadqiqotchilar uyda tayyorlangan 56 xil qaynatma sho‘rva namunalarini tahlil qilishdi: bu retseptlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan va bezgakni davolashda qo‘llanilgan. Olimlar filtrlangan ekstraktlarni «P.falciparum» bilan birga 72 soat davomida inkubatsiya qilishdi. Buni qarangki, besh xil sho‘rva chindan ham parazit ko‘payishini 50 foizga sekinlatib, uning yetilishini to‘xtatar ekan.
Bezgakka qarshi kurashda samarali qaynatma sho‘rva xilma-xil. Shu bois olimlar aynan qaysi mahsulotlar foydali ekanligini hozircha bilishmaydi. Ularni kelgusi tadqiqot va klinik tajribalarda aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Bezgak qo‘zg‘atuvchisi oddiy «Plasmodium»ning bir turi hisoblanadi. Kasallik esa chivinlar orqali tarqaladi. Bu infeksiya yiliga qariyb 400 ming kishining yostig‘ini quritadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin