14:11 / 27.11.2019
3 937

Hindistonlik shifokorlar bemorning 7.4 kg boʻlgan buyragini olib tashlashdi

Hindistonlik shifokorlar bemorning 7.4 kg boʻlgan buyragini olib tashlashdi
Hindistonlik shifokorlar bemordan 7,4 kg (16,3 funt) buyrakni olib tashladilar. Bu ogʻirlik 2ta yangi tugʻilgan chaqaloq ogʻirligi bilan barobar. Shu paytgacha olingan buyraklar ichida eng kattasi edi, odatda buyrakning ogʻirligi 120-150 gr boʻladi.

Bemor autosomal dominant polikistik deb nomlangan buyrak kasalligini boshdan kechirgan, bu esa butun organ boʻylab oʻsimtalarning oʻsishiga sabab boʻladi.
Shifokorning fikricha, buyrakda qandaydir muammo boʻlsa, buyrak kattalashadi.

Bu bemorning buyragiga infeksiya tushgan va hech qanaqa antibiotiklar taʼsir qilmagan, aksincha buyrak hajmi kattalashib nafas olishni qiyinlashtirib qoʻygan va shuning uchun ham shifokorlar buyrakni olib tashlashga majbur boʻlishgan.

Gennes Rekordlar kitobiga kiritilgan eng ogʻir buyrak 4,5 kg.
NHS veb-saytiga koʻra, polikistik buyrak kasalligi keng tarqalgan irsiy holat boʻlib, 30 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan bemorlarda uchraydi. Bu kasallik buyrak faoliyatini susaytiradi, shuning uchun ham uni olib tashlash kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Hindistonlik shifokorlar bemorning 7.4 kg boʻlgan buyragini olib tashlashdi