15:30 / 03.12.2019
22 867

Labning qurishiga asosiy sabab nima ekanligini bilasizmi?

Labning qurishiga asosiy sabab nima ekanligini bilasizmi?
Koʻpchilik insonlar sovuq tushishi bilan lablarning qaqshab qolishidan aziyat chekishadi. Bunga asosiy sabab nimada ekanligini esa bilishmaydi. Lablarning qurib qolishiga bir necha omillar oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Masalan:
1. Ob-havo
2. Lablarni haddan ziyod hoʻllash
3. Dorilarning allergik taʼsiri

Qaqshagan lablarning oʻziga xos alomatlari:

1. Quruqlik
2. Shishish
3. Yaralar
4. Yoriqlar
5. Qon ketishi

Lab qurishiga asosiy sabab nimada?

Lab boshqa teri aʼzolariga oʻxshab oʻzidan yogʻ bezlarini ajratib chiqarmaydi. Shu sababli ham lablar tez quriydi hamda qichishadi. Namlikning yetishmasligi, ob-havo oʻzgarishi va oʻz vaqtida parvarish qilmaslik natijasida lab qurishi yuzaga keladi. Ayniqsa bu holat qish oylarida koʻproq sodir boʻladi. Agar yoz faslida Quyosh nurida koʻp qolib ketsangiz, labingiz qurib qolishi mumkin.

Qurigan lablarni daʼvolash usullari:

1. Labingiz yetarli darajada nam boʻlishiga ishonch hosil qiling
2. Kun davomida koʻproq suyuqlik isteʼmol qiling
3. Sovuq kunlarda ogʻzingizni sharf bilan oʻrab oling
4. Maxsus lab balzamlaridan foydalaning

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Labning qurishiga asosiy sabab nima ekanligini bilasizmi?