Foto: Getty Images
Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqildi. Biroq uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak.
Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qildi.
“Xitoyda koronavirusga qarshi immunitet ko‘rsatuvchi vaksina ishlab chiqildi. Biroq bu boshlanishidir, uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak”, deb aytgan elchi.
U, shuningdek, koronavirusni davolashda samarali dori vositalari topilganini ma’lum qilgan.
“Amaliyotning ko‘rsatishicha, Xitoy dorilari samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Dorilar qo‘llangan barcha holatda birorta og‘irlashish holati bo‘lmagan. Xitoy dorilarining umumiy samaradorligi 85 foizdan, ba’zi joylarda 90 foizdan ko‘proqni ko‘rsatmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Chjan Xanxueyning ta’kidlashicha, Xitoyda koronavirusga qarshi samarali ta’sir qiluvchi ancha yildan beri qo‘llanuvchi dori topilgan. Bu bir necha o‘n yillardan beri bezgakka qarshi qo‘llanuvchi xloroxina fosfatdir.
“Shuningdek, sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan yana bir eski dori bor. Hozircha shu ikki dori samarali hisoblanmoqda. Koronavirusni yengishning eng samarali usuli – Yevropa tibbiyotini Xitoy tibbiyoti bilan birgalikda qo‘llashdir”, deb qo‘shimcha qilgan elchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?