10:49 / 06.04.2017
16 426

Olimlar ochlik sog‘liq va o‘lim xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdi

Olimlar ochlik sog‘liq va o‘lim xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdi
Amerikalik olimlar ochlik va muhtojlik davri insonning keyingi taqdiriga qanday ta’sir o‘tkazganini tushunish maqsadida o‘rta asrlarda yashab o‘tgan odamlarning suyak qoldiqlarini o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalari American Journal of Physical Anthropology jurnalida chop etildi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Olimlar kishilarning guruh bo‘lib birgalikda ko‘milishi tabiiy ofat, ochlik va shu kabi hodisalardan dalolat berishini, alohida qabrlar esa nisbatan farovon davrlarda paydo bo‘lganini taxmin qilishdi.

Olimlar shuningdek, boshdan kechirilgan stressning ikki belgisini aniqlashdi va ularning dafn etilgan ikki guruhda qanchalik tez uchrashini o‘rganib chiqishdi.

Natijalarda qarama-qarshilikka duch kelindi. Og‘ir damlarda yaxshi hayot kechirilgan vaqtga qaraganda stressning birinchi belgisi uchraydi - emalning gipoplaziyasi (stress tufayli tish emalining yaxshi rivojlanmasligi, tish shakllanishida ozuqa etishmovchiligi yoki jarohatlar).

Ikkinchi indikator - suyakning o‘sishi. "Inson stressni boshdan kechirayotganida - bu shunchaki kasallik, sinish yoki kun bo‘yi og‘ir yuk ko‘tarish - uning suyaklari o‘sishni va o‘zini mustahkamlashni boshlaydi. Bu belgi ko‘proq nisbatan yaxshi davrlarda yashagan kishilarda uchragan, bu tadqiqotchilar uchun kutilmagan holat bo‘ldi", - deb izoh beradi tadqiqot mualliflaridan biri Samanta Yussi.

"Suyakning o‘sishi - bu sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan kishilarda uchraydigan yomon holat. Biroq bizning tadqiqotlarimiz ko‘rsatishicha, suyagi o‘sish kuzatilgan kishilar aksincha sog‘lom bo‘lishgan. Suyak o‘stirishga ikki hafta ketadi. Shu sababli stress chaqirgan hodisa o‘limga olib keluvchi darajada ahamiyatli bo‘lgan bo‘lsa, biz hozir suyaklarning holatidan bu haqida bilib olishimiz amri mahol", deya davom etgan Yussi.

Tadqiqot natijalari uning mualliflariga jamiyatning inqirozlardan keyin (epidemiya yoki ochlik) qanday tiklanishini kuzatish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar ochlik sog‘liq va o‘lim xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdi