15:52 / 19.11.2018
38 337

Kalsiy yetishmasligining belgilari, oqibatlari va uni davolash usullari

Kalsiy yetishmasligining belgilari, oqibatlari va uni davolash usullari
Insonning normal hayotiy faoliyati uchun turli-tuman vitamin va minerallar zarur. Ulardan ba’zilariga ko‘proq, ba’zilariga esa kamroq muhtojmiz.

Biroq ulardan birortasining yetishmasligi turli xastaliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin?

Kalsiy yetishmasligi belgilari

Kalsiy har kuni taom tanovul qilish bilan birga organizmga tushishi kerakligidan xabardormisiz? Bu mineralning yetishmasligidan nafaqat bolalar va keksa kishilar, balki aholining ishchi qatlami ham aziyat chekadi. Bundan tashqari, organizm uni yetarli miqdorda qabul qilmasa, keksaygan paytda bo‘g‘in va suyaklar bilan bog‘liq muammolar kafolatlanadi. Shuning uchun quyidagi belgilar sizni e’tiborsiz qoldirmasligi lozim:

- Tirnoq, suyak va sochlarning sinuvchanligi. Sochlar xiralashib, to‘kila boshlaydi, tez sinuvchan bo‘lib qoladi. Tirnoqlar esa yupqa bo‘lib, sekin o‘sadi. Yengil shikastlanganda ham sinish va lat yeyishlar yuzaga keladi;

- Ushbu mineral yetishmasa, tishlar holati keskin yomonlashadi;

- Asab tizimi holati: Kalsiy yetishmovchiligi qayd etilgan kishi asabiy, tez ta’sirlanuvchan, tez charchaydigan va biroz parishonxotir bo‘ladi;

- Bolalar o‘sishining sekinlashuvi ushbu mineralning yetishmasligidan dalolat beradi.

Organizmdagi kalsiy zahirasini to‘ldiramiz

Kalsiy yetishmasligi haqida so‘z yuritar ekanmiz unga boy mahsulotlarni eslatib o‘tamiz. Uni D vitamini bilan birga iste’mol qilish tezroq o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Fosfor ham unga yaxshi qo‘shni bo‘la oladi. Agar o‘zingizda kalsiy yetishmovchiligini payqasangiz, quyidagi mahsulotlarni iste’mol qiling:
  • Sut va sutli mahsulotlar: tvorog, qatiq, pishloq, qaymoq va yogurt;
  • Dengiz mahsulotlari, xususan, sardina va losos;
  • Sitrus mevalar: apelsin, limon, greyfrut va laym;
  • Mavsumiy meva-sabzavotlar: karam, reza mevalar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kalsiy yetishmasligining belgilari, oqibatlari va uni davolash usullari