13:46 / 09.12.2018
7 940
---

Olimlar saratonni yengishning yangi usulini topishdi

Olimlar saratonni yengishning yangi usulini topishdi
Shvetsiyaning Lund universiteti olimlari inson teri hujayralarini immunitet hujayralariga aylantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Science Immunology'ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Xabar qilinishicha, tadqiqotchilar birlashtiruvchi to‘qimani virus, bakteriya va saraton hujayralarini topadigan dendrit hujayralarga aylantirishda yordam beradigan uchta oqsil turini aniqlashdi.

Olimlarning bildirishicha, hujayralarni qayta dasturlashga to‘qqiz kun ketadi. Sun’iy ravishda hosil qilingan dendrit hujayralar tabiiy hujayralar bilan bir xilda faoliyat ko‘rsatadi.

— Biz uchta oqsilni to‘g‘ri saraton shishiga kiritamiz. Ular saratonga qarshi antigenlar ishlab chiqaradi. Bu esa immunitet hujayralarining rak hujayralariga hujum qilishiga va ularni yo‘q qilishga olib keladi, — deb yozadi olimlardan biri Karlos Filipe Pereyra.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » » Olimlar saratonni yengishning yangi usulini topishdi