Garvardning bir guruh olimlari DNKni yangi usul bilan qanday tuzatish kerakligini bilib oldilar.
Biologlar «dastlabki tahrirlash» deb nomlangan usulni kashf qilishdi — uning yordamida irsiy yo‘l bilan yuqqan zararli mutatsiyalarning 89 foiz qismidan xalos bo‘lish mumkin.
Bu usulning mohiyati shundaki, uning yordamida genetik mutatsiyali «katakchalar» o‘rnini sog‘lom qismlar bilan almashtirish mumkin. Bunda almashtirish nuqtadek ham, uzunroq ham bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar yangi usulni insonning turli hujayralarida sinovdan o‘tkazishdi va 175ga yaqin to‘g‘rilash operatsiyalari tashkil qilindi. Ular natijasida xato qilish ehtimoli 1-10 foiz, muvaffaqiyat ehtimoli 20-50 foiz ekani ma’lum bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, ibtidoiy tahrirlash usuli hozirda amalda bo‘lgan CRISPR/Cas9'dan ancha aniq va ishonchli chiqdi.
Endilikda ota-onalardan farzandlariga meros bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli kasalliklar ehtimolini yo‘q qilishning iloji bor. Isbot tariqasida keltirish zarurki, olimlar allaqachon o‘roqsimon hujayra anemiyasi, fibroz-kistoz mastopatiya va Tay-Saks kasalligini yuqtiradigan gendan xalos bo‘lishni o‘rganishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi