17:53 / 29.10.2019
9 430

Xotiraning pasayishiga sabab bo‘luvchi asosiy 6 omil

Xotiraning pasayishiga sabab bo‘luvchi asosiy 6 omil
Ko‘pchilik insonlar xotirasi yaxshi emasligidan aziyat chekadi. Ular odatda rejalashtirgan narsalarini unutishga moyil bo‘ladilar. Bu esa shaxsiy ish faoliyati, ta’lim sohasi va boshqa sohalarda o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Xotiraning zaiflashuviga quyida 6 sababni keltirib o‘tamiz.

1. Kam uxlash.
Yetarlicha uxlamaslik, ehtimol unutish uchun eng katta sababdir. Biroz mizg‘ib olish kayfiyatning o‘zgarishiga va bezovtalikka olib keladi, bu esa o‘z navbatida xotira bilan bog‘liq muammolarga duchor qiladi.

2. Dori-darmon qabul qilish.
Tinchlantiruvchi, anti-stress, qon bosimini tushiruvchi dorilar xotiraga ta’sir ko‘rsatadi, odatda, tinchlantiradi yoki chalkashliklarni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu esa biror bir yangi narsaga diqqatingizni qaratishingizga to‘sqinlik qiladi.


3. Faoliyatsiz tiroid.
Qalqonsimon qaltiroq xotiraga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bu uyqusizlik va depressiyani keltirib chiqaradi. Bular esa o‘z navbatida xotiraning pasayishiga olib keladi.

4. Alkogol ichimliklar.
Alkogol ichimliklar qisqa muddatli xotirani zaiflashuviga sabab bo‘ladi. Olimlarning fikricha, erkaklar kuniga bir stakandan oshiq alkogol ichimligini iste’mol qilmasligi kerak.

5. Stressga tushish va haddan ziyod xavotirlanish.
Biror yangi ma’lumot yoki ko‘nikmaga diqqat qaratishni qulflab qo‘yadi. Qachonki siz haddan ziyod xavotirga tushsangiz yoki stress holatda yursangiz, sizning miya to‘qimalaringiz yangi ma’lumot qabul qila olmaydi.


6. Depressiya.
Depressiyaning odatiy alomatlari orasida kuchli qayg‘u va kundalik hayotingizda zavq oladigan narsalardan zavqlanish hissining kamayib borishi yotadi. Unutish - ruhiy tushkunlik alomati yoki uning oqibati bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xotiraning pasayishiga sabab bo‘luvchi asosiy 6 omil