Foto: «Medicalxpress»
AQShda Jon Xopkins universiteti olimlari rakning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan glutamin metabolizmini bloklaydigan preparatni yaratishdi. «JHU083» birikmasi, shuningdek, xavfli o‘smaning mikro aylanasini o‘zgartirib, immun tizimi oldida zaiflashtirib yuboradi, deya xabar beriladi «MedicalXpress» press-relizida.
Preparatning aktiv shakli «DON» glutamin antagonistini ta’siriga taqlid qilib, o‘sma to‘qimalarida to‘planadi. Ma’lumki, glutamin metabolik yo‘llarni rag‘batlantirib, o‘smalarning jadal o‘sishiga sabab bo‘ladi. «JHU083» yo‘g‘on ichak raki, limfoma va melanoma bo‘lgan sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. Birikma hujayra, qon tomirlardan iborat o‘sma mikro aylanasiga ta’sir ko‘rsatib, yuqori kislotalik, kislorod va oziq moddalar yetishmasligi tufayli immun hujayralariga qarshi kurashadi.
«JHU083» shishlar o‘sishining kamayishiga olib kelgan hamda yashovchanlikni yaxshilagan. Ayrim sichqonlarda immun reaksiyasi chaqirgan uzoq muddatli remissiya kuzatilgan. Jonivorlarning o‘sma hujayralariga takroran yuborilganda ajralish yuz bergan. Bu kuchli immun xotira shakllanganidan dalolat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi