19:30 / 12.02.2020
4 614

Oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida Rossiya, Koreya va Germaniya bilan qo‘shma fakultetlar ochiladi

Oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida Rossiya, Koreya va Germaniya bilan qo‘shma fakultetlar ochiladi
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, yil davomida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bunda:
- respublika oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida Rossiya, Koreya va Germaniyaning tibbiyot universitetlari bilan qo‘shma fakultetlar tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- oliy ta’lim muassasalariga “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy pedagogika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarini har bir tuman (shahar) kesimida maqsadli shakllantirish mexanizmini joriy etish;
- uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini joriy etgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlari, ularning filiallari va ilmiy-tekshirish institutlariga malaka oshirishdan o‘tgan mutaxassislarga sertifikat rasmiylashtirish huquqini berish;
- o‘quv simulyatsiya markazi va ilmiy darajaga ega mutaxassislari mavjud bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish tizimini joriy etish va undan o‘tgan mutaxassislarga sertifikat rasmiylashtirish huquqini berish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, TIV.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oliy tibbiyot ta’lim muassasalarida Rossiya, Koreya va Germaniya bilan qo‘shma fakultetlar ochiladi