18:16 / 26.02.2015
9 749

Eng ishonchli avtomobillar reytingi tuzildi

Eng ishonchli avtomobillar reytingi tuzildi

AQShning J.D. Power marketing kompaniyasi har 100 ta avtomobildagi nosozliklar soniga qarab eng ishonchli avtomobil rusumlari reytingini tuzdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Ro‘yxatning dastlabki o‘rinlarini Lexus (100 ta mashinada 89 ta muammo), Buick (110) va Toyota (111) avtomobil rusumlari egallagan. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Cadillac (114), Honda (116), Porsche (116), Lincoln (118), Mercedes-Benz (119), Scion (121) va Chevrolet (123) o‘rin olgan.

Eng ko‘p nosozlik Fiat rusumidagi avtomobillarda (273 ta) aniqlangan.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Eng ishonchli avtomobillar reytingi tuzildi