22:39 / 07.03.2015
7 404

Mazda kompaniyasi MX-5 rodsterini ishlab chiqarishni boshladi

Mazda kompaniyasi MX-5 rodsterini ishlab chiqarishni boshladi

Yaponiyaning Mazda kompaniyasi o‘zining yangi avloddagi MX-5 rodsterini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshladi. Bu modeldagi ilk avtomobillar Xirosimadagi kompaniyaning konveyeridan chiqarila boshlandi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Rodster avval Yaponiyada sotuvga chiqariladi. Avtomobilga 20 martdan boshlab buyurtma berish mumkin bo‘ladi, birinchi mijozlar mashinani iyun oyida olishadi. So‘ngra MX-5 boshqa davlatlarda ham sotila boshlanadi.

Mazda MX-5 ikki xil – 1,5 va 2,0 litr hajmli, benzinda ishlovchi motorlar bilan jihozlanadi. Bu motorlarning quvvati mos ravishda 131 (150 Nm) va 157 (200 Nm) ot kuchini tashkil qiladi. Uzatish qutisi olti bosqichli “mexanika” yoki shunday diapazondagi “avtomat” ko‘rinishida ishlanadi. Kompaniya, shuningdek, rodsterning turbirlangan motorli modifikasiyasini ham chiqarishni rejalashtirmoqda.

Mazda MX-5 avtomobilining ilk taqdimoti ushbu model yaratilganining 25 yillik yubileyi munosabati bilan 2014 yilning sentyabrida o‘tkazilgan edi. Rodster yangi yengil platforma negizida qurilgan bo‘lib, u tufayli modelning og‘irligi 1 tonnadan biroz ko‘proqni tashkil qilgan. MX-5 rodsterining avvalgi avlodi kabi, bu modelda ham o‘qlar bo‘yicha yuklanishni 50:50 nisbatda ideal tarzda taqsimlashga erishilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mazda kompaniyasi MX-5 rodsterini ishlab chiqarishni boshladi