09:38 / 21.09.2016
17 364

615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda O‘zbekiston Adliya vazirligi Sud departamenti tomonidan xatlangan Lamborghini Gallardo avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda «Kim oshdi savdo servis» kompaniyasi saytida berilgan axborotga tayanib "Diydoraziz" nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, avtomobil Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 20 iyuldagi hukmi asosida berilgan 2-285-30M-14-sonli ijro varaqasiga asosan kimoshdi savdosiga qo‘yilmoqda.

22 sentyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 42-uyda o‘tkaziladigan ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan 2004 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning rangi olcha (qizil), boshlang‘ich bahosi — 615 583 497 so‘m.

Kimoshdi savdosida qatnashish istagida bo‘lganlar 61 558 349 so‘m 70 tiyin miqdorida zakalat pulini to‘lashlari lozim.

Avvalroq boshlang‘ich narxi 615 million so‘mga baholangan Lamborghini Gallardo Andijonda savdoga qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Gallardo Lamborghini kompaniyasi tomonidan 2003—2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, uning eng arzon modeli narxi 160 ming dollardan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi