10:57 / 17.10.2016
8 227

Elektr dvigatelli Chevrolet Corvette 750 ming dollarga baholandi

Elektr dvigatelli Chevrolet Corvette 750 ming dollarga baholandi

AQShning Genovation Cars kompaniyasi so‘nggi avlod Chevrolet Corvette kupesi negizida ishlab chiqilgan elektr superkar uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. «Motor»ning yozishicha, Genovation Extreme Electric (GXE) nomini olgan elektrokarning narxi 750 ming dollarga teng.

Yangi avtomobilning kuch qurilmasi umumiy hisobda 660 ot kuchini bera oladigan ikki elektr dvigateldan tashkil topgan. Dvigatellar quvvati zaxirasi 210 kilometr yo‘lga etadigan akkumlyatorlar yordamida harakatga keltiriladi.

Ishlanma mualliflarining qayd etishicha, ular avtomobil og‘irligini ikki o‘qqa ideal darajada teng (50 ga 50) taqsimlashga muvaffaq bo‘lgan. Kupening dinamik tavsifi hozircha oshkor etilmayapti.

Xabar berishlaricha, bunday mashinalardan atigi 75 dona tayyorlanadi. Genovation Cars kompaniyasi 2019 yildan boshlab ishlab chiqariladigan elektrokarlar uchun hozirdan buyurtma qabul qilmoqda. Xaridor oldindan 250 ming dollar to‘lashi kerak.

Iyul oyida Genovation Cars firmasi yo‘l elektr mashinalari orasida tezlik bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan edi. 2006 yil namunasidagi Chevrolet Corvette Z06 kupesi negizida tayyorlangan 600 ot kuchiga ega elektrokar soatiga 330,8 kilometr tezlikka erishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Elektr dvigatelli Chevrolet Corvette 750 ming dollarga baholandi