23:23 / 19.10.2016
9 282

Rossiyada Daewoo haligacha xaridorgir

Rossiyada Daewoo haligacha xaridorgir

«AVTOSTAT» tahliliy markaz xabariga ko‘ra 2016 yilning sentyabr oyida Rossiya foydalanilgan avtomobillar bozorida 461,5 ming avtomobil sotilgan. Yil boshidan beri ushbu bozor hajmi o‘tgan yilgan qaraganda 7,5 %ga o‘sgan.

Sentyabr oyida Rossiyada 10826 dona Daewoo (asosan Nexia va Matiz) avtomobillari sotilgan va ommaviylik bo‘yicha — 14 o‘rinni egallagan.

Eng ommaviy avtomobillar ro‘yxatida birinchi o‘rinda — LADA. Foydalanilgan avtomobillar bozorida sentyabr oyida 126 ming dona LADA avtomobili sotilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Yaponiyaning Toyota — 51,6 ming dona va Nissan avtomobillari — 25 ming dona.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Hyundai — (20 ming dona) va Chevrolet — (19 ming) avtomobillari egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada Daewoo haligacha xaridorgir