18:21 / 20.10.2016
7 415

Haydovchisiz avtomobil piyodalarni urib yuborishda davom etadimi?

Haydovchisiz avtomobil piyodalarni urib yuborishda davom etadimi?

Olimlar haydovchisiz avtomobilga doir axloqiy masalalar muhokamasi bilan band bo‘lgan chog‘da Mercedes-Benz bu borada keskin qadam qo‘ydi. Aniqrog‘i, piyodalar emas, avtomobildagi yo‘lovchilar foydasiga.

Muhokama doirasida AQShdagi Massachusets texnologiya instituti olimlari Moral Machine interaktiv portalini ishlab chiqdi. Unda oqibati muqarrar o‘lim bilan tugaydigan 13 ssenariydan birini foydalanuvchi tanlashi kerak. Kim qurbon bo‘lishi yoki avtopilot qay tartib-qoida asosida xatti-harakat sodir etishi savol ostida. Bu ham avtopilot ishtirokidagi avtohalokatlarga axloqiy jihatdan bir nazardir.

Mercedes-Benz esa sovuqqonlik bilan qaror qabul qildi. Fantast adib Ayzek Azimov qalamiga mansub “Robototexnikaning uch qonuni”dan kelib chiqib, bu vaziyatda robot piyodani emas, avtomobildagi yo‘lovchilarning hayotini birlamchi hisoblaydi! Bu bir tarafdan to‘g‘ridek: qaysi robot begonani emas, o‘z egasini bemalol qurbon qiladi? Hech qaysi. Shu bois avtomobildagi yo‘lovchilarning hayoti eng asosiysidir, deydi nemis mashinasozlari. Hattoki, piyodaning yoshi, jinsi, ijtimoiy mavqei ham bu erda ahamiyatsiz, qolaversa, huquqiy tomondan bu eng to‘g‘ri yo‘ldir, deb hisoblaydi mersedeschilar.

Ammo bu yondashuvga hamma ham qo‘shilgani yo‘q.

O‘zgacha fikrdagilar haydovchisiz avtomobil ehtimoliy qurbonlar sonini hisobga olmasligini tanqid qilmoqda. Qolaversa, avtonom tizim ijtimoiy tengsizlikni qo‘zg‘atadi, deb hisoblashadi. Ya’ni haydovchisiz avtomobilni badavlat kishilargina sotib oladi, demak uning hayoti bir piyodanikidan afzal turar ekan-da.

Mercedes-Benz esa avtonom avtomobillar haydovchili avtomobillarga qaraganda juda kam avtohalokat sodir qilishini aytib ularni tinchlantirishga urinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchisiz avtomobil piyodalarni urib yuborishda davom etadimi?