09:30 / 21.10.2016
8 725

“Tesla”ning to‘la avtonom avtomobili mustaqil harakatlanayotgani videosi namoyish etildi

“Tesla”ning to‘la avtonom avtomobili mustaqil harakatlanayotgani videosi namoyish etildi

“Tesla” kompaniyasi eng so‘nggi texnologiyalar va dasturlar bilan jihozlangan Model X rusumining yo‘lda to‘la mustaqil harakatlanishi, chorrahadan o‘tishi va avtoturargohga joylashtirishi aks etgan videoni tarqatdi.

Model X Kaliforniya shtatidagi Palo Alto shahri ko‘chalarini kezayotgani to‘rt daqiqaga yaqin videolavhada ko‘rsatiladi. Bu hudud “Tesla” kompaniyasining qarorgohidan uzoq emas.

Mashina avtoturargohga etgach, o‘ziga joy izlaydi. Kompaniya rahbari Elon Maskning izohlashiga qaraganda, “aqlli” mashina joylashishga ruxsat etilgan yoki yo‘qligini aniqlash uchun belgilarni ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Tesla avtomobillariga 360 gradusgacha buriladigan sakkiz kamera, 12ta ultratovushli datchik, ma’lumotlarni tahlil qilish funksiyasiga ega yangi radar o‘rnatilgan. Mashina 250 metrgacha masofani “ko‘radi”, buni xavfli vaziyatda tezkor qaror qabul qilish uchun etarli hisoblash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Tesla”ning to‘la avtonom avtomobili mustaqil harakatlanayotgani videosi namoyish etildi