14:25 / 22.10.2016
7 747

Endi elektromobil eshiklari kapalaknusxa bo‘ladimi?

Endi elektromobil eshiklari kapalaknusxa bo‘ladimi?

Yaqinda dizayner va tadbirkor Xenrik Fisker yangi kompaniya tashkil etib elektromobil ishlab chiqarishi haqida xabar berilgandi. Avvalroq Xitoyning Wanxiang kompaniyasi Fisker aktivlarini sotib olgan va brend qayta jonlangan.

Yangi kompaniyaning akkumulyatorlari noyob texnologiya asosida yaratilganligi tufayli 600 kmdan ortiq yo‘l bosishga zaryadi etishini Fisker va’da qilmoqda. Akkumulyator hech qachon almashtirilmaydi.

Fisker Inc rahbari ommani yanada qiziqtirish uchun yangi elektromobilining tizerini ko‘rsatdi. Rasmdan ko‘rinishicha, mashina eshiklari kapalak qanoti singari tepaga ko‘tarilib ochiladi.

Fisker bu salonga kirish-chiqishni osonlashtiradi, deb ta’kidlamoqda. Batafsilroq ma’lumot kelasi hafta beriladi.

Qanchalik g‘aroyib ko‘rinmasin, bunday eshikni qulay deyish qiyin. Chunki yo‘lovchi orqa o‘rindiqqa o‘tirayotib ko‘tarilgan eshik qirrasiga urilib ketishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi elektromobil eshiklari kapalaknusxa bo‘ladimi?