Amerika federal sudi nemis avtokonserni to‘laydigan tovon puli miqdorini tasdiqladi. Volkswagen 14,7 mlrd dollar to‘lash orqali “Dizelgeyt” zararini qoplaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz: “Folksvagen” bort elektronikasining boshqaruv blokiga ichki yonuv dvigateli chiqaradigan tutun zararlilik miqdorini kamaytirib ko‘rsatuvchi dastur o‘rnatgan edi. Oqibatda dizelli avtomobillar AQShda belgilangan miqdordan 40 marta ortiq zararli gaz chiqarib havoni ifloslantirgan.
Reuters agentligi bildirishiga qaraganda, San-Fransiskodagi Federal sud avval tayyorlangan bitimni nihoyat tasdiqladi. Unga ko‘ra amerikaliklarga sotilgan avtomobillarni qaytib olish va tovon to‘lash (har biriga 5100dan 10000 dollargacha) uchun 10 mlrd dollar talab etiladi. Undan tashqari turli ekologik loyihalarga 4,7 mlrd dollar o‘tkaziladi.
Nemis konserni noyabrdan dastlabki to‘lovni boshlaydi. Sudya tovon puli miqdorini “munosib va adolatli” deb ta’rifladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi