00:41 / 04.11.2016
6 829

Tajriba “Tesla”ning qanotsimon eshiklari xavfliligini ko‘rsatdi (video)

Tajriba “Tesla”ning qanotsimon eshiklari xavfliligini ko‘rsatdi (video)

Yaqinda Tesla Model X krossoverining elektr vositasida ochiladigan qanotsimon eshiklari xavfliligi tekshirib ko‘rildi.

“Tesla” krossoverining ajralib turadigan jihati ikki yonga ko‘tarilib ochiladigan eshiklaridir. Boshqaruv jevagining tugmasi bosilganida eshik ko‘tarilibgina qolmasdan tom va yon devor birikkan joyidan bukiladi. Eshik ochilishiga 6 soniya vaqt ketadi.

Ochilishi va yopilishi tizimining tuzuvchilari agar yaqinroqda biror to‘siq bo‘lsa, eshik ochilmasligini va eshik tirqishida biror narsa-buyum yoki insonning qo‘li, oyog‘i bo‘lsa yopilmasligini ta’kidlashadi. Buning uchun maxsus datchiklar o‘rnatilganligini aytishadi.

Haqiqatan ham shundaymi? Skandinaviyalik haydovchilar buni tekshirishga ahd qildi. Ehtiyotkorlikni boy bermasdan eshik tirqishiga sosiska va sabzavotlar qo‘yishdi. Yaxshiki, qo‘l yo oyog‘ini qo‘ymadi.

Videolavhaning uzunligini oldindan aytib o‘tamiz. Ammo uni varaqlab ko‘rsangiz ham elektromobilning “qanotlari” odamning barmog‘inigina emas, oyog‘ini sindirishi mumkinligining guvohi bo‘lasiz. Demak, “Tesla” krossoverining eshigini ochib-yopishda alohida hushyorlik talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tajriba “Tesla”ning qanotsimon eshiklari xavfliligini ko‘rsatdi (video)